Kontent qismiga oʻtish

Melamin-form aldegid smolalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Melamin-form aldegid smolalar — melamin bilan formaldegidnint ishqoriy va kislotali katalizatorlar ishtirokida polikondensatlanishidan hosil boʻlgan termoreaktiv oligomer mahsulotlar. M.-f.s. plastmassa, lok va qogʻoz tayyorlashda, toʻqimachilikda, shuningdek, melaminli pressmateriallar va melaminli plastiklar ishlab chiqarishda qoʻllanadi. Asbest va shisha tolasi qoʻshilgan melaminli pressmateriallar issiqqa va elektr uchquniga chidamli. Ulardan elektr as-boblar yasaladi. Sellyuloza qoʻshilgan melamin-formaldegid pressmateriallardan yengil va mustahkam idishlar tayyorlanadi. Melaminli plastiklar qurilishda, mebelsozlikda va boshqalarda ishlatiladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil