Melanez tillari
Melanez tillari — avstronez tillari oilasining Okeaniya tillari guruhiga mansub, Melaneziya (Yangi Gvineya, Bismark arxipelagi, Solomon orollari, Yangi Gebrid, Yangi Kaledoniya, Fiji orollari)da papuas va polinez tillari qatorida tarqalgan tillar. 450 ga yaqin Melanez tillari boʻlib, eng yiriklari — fiji, mota, motu, rotuma, vaturanga va boshqa Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 1300 mln.dan ortadi. Melanez tillari leksikasi indonez, polinez, mikronez, malagasi tillariga yaqin boʻlsa ham, ularda mazkur tillarga nisbatan oʻzgarishlar deyarli uchramaydi. Melanez tillarini oʻrganish 19-asr oxirlaridan boshlanib, 20-asr oʻrtalaridan avj olgan bulsada, ularning koʻpchiligi hanuzgacha tavsiflanmagan. Bir qancha Melanez tillari uchun lotin alifbosi asosida yozuv yaratilgan, qolganlari oʻz yozuviga ega emas.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |