Kontent qismiga oʻtish

Melanie Serrano

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Melanie Serrano
Melanie Serrano 2019-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Melanie del Pilar Serrano Pérez[1]
Tavallud sanasi 12-oktyabr 1989-yil (1989-10-12) (35 yosh)[2]
Tavallud joyi Sevilla, Ispaniya[3]
Boʻyi 1.68 m (5 ft 6 in)[2]
Ampluasi Chap qanot himoyachisi, chap qanot yarim himoyachisi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2001–2002 CD Cantely
2002-2003 Dos Hermanas
2003-2006 Barcelona
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2006–2007 Barcelona B
2024 Barcelona 403
Levante Las Planas 1
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Melanie del Pilar Serrano Pérez[4] (1989-yil 12-oktabrda tugʻilgan) – ispaniyalik futbolchi, Ispaniya Premier-ligasining Levante Las Planas klubida chap qanot himoyachisi.

Hozirgi klubidan oldin Serrano 19 mavsumlik faoliyatini FC Barcelona Femenída oʻtkazgan. Nafaqaga chiqqan davriga qadar u oʻyinlarda klub yetakchisi boʻlib, 27 ta kubokni qoʻlga kiritgan hamda klub rekordchisi hisoblanadi.

Serrano 1989-yil 12-oktyabrda Sevilla shahrida tugʻilgan. Serrano 12 yoshga toʻlganda, onasi u bilan singlisini Girona shahrining Blanes munitsipalitetiga koʻchirgan[5]. Serranoning futboldagi ilk jsmoasi mahalliy „Deportivo Blanes“ jamoasida boʻlgan. Onasi zarur toʻlovlarni toʻlay olmagani sababli klubga qoʻshilish uchun sinovlardan oʻtgan boʻlsa ham akademiyaga qabul qilinmaydi. Keyinchalik u CD Cantely va Dos Hermanas klublarining yoshlar jamoalarida toʻp surgan.

Serrano oʻn toʻrt yoshga toʻlganoida, „Barselona“ning ayol oʻsmirlar jamoasiga qabul qilingan. Oʻsmirlik chogʻida Serrano haftasiga 3 marta Blanesdan Barselonadagi Mini Estadiga borgan va u yerda mashgʻulotlarga qatnashgan[6].

Klubdagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Serrano butun professional faoliyatini FC Barcelona Femenída oʻtkazgan[7]. U 2004-yil 15-sentyabrda „Espanyol“ ayollar jamoasiga qarshi 4:4 hisobida yakunlangan oʻyinda asosiy jamoa safida debyut qilganida 14 yoshda boʻlgan[8]. Serrano 2007-yilga kelib asosiy tarkib futbolchisiga aylangan va oʻsha yili „Barselona“ Segundaga tushib ketgan. Jamoa 2008-yilda Primeraga qaytgan.

Serrano 2011-2012-yilgi mavsumda Barselona jamoasining birinchi liga chempionligini qoʻlga kiritgan tarkib aʼzosi boʻlgan. U 2012-2013-yilgi mavsumda Barselonaning UEFA ayollar chempionlar ligasidagi debyutini oʻz maydonida Arsenal jamoasiga 0:3 hisobida yutqazgan oʻyindagi tarkibda boshlagan[9].

Serrano 2012-2013-yilgi Primera divizionining soʻnggi oʻyinida Barselona safidagi ilk golini Atletik Bilbao jamoasiga qarshi oʻyinda kiritgan va oʻz klubiga ikkinchi liga chempionligini olib kelgan[10][11].

2021-yil 6-yanvar kuni Serrano "Camp Nou" stadionida „Espanyol“ga qarshi oʻtkazilgan birinchi bahsda gol urgan[12].

2020-yil 30-iyun kuni Serrano Barselona bilan shartnomasini 2020-2021-yilgi mavsum oxirigacha uzaytirgan[13]. 2021-yilning iyun oyida esa Serrano klub bilan shartnomasini yana bir mavsumga uzaytirgan[14]. Keyingi mavsumda Serrano klub bilan bir nechta yakuniy marralarga erishgan. 2022-yil 6-fevralda Serrano „Eibar“ ustidan 7:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda oʻzining klubdagi 500-uchrashuvini oʻtkazgan[15]. 16-aprel kuni u Ispaniya chempionatida 400-oʻyinini oʻtkazgan[16]. 2022-yil 13-may kuni Serrano 19 mavsumdan soʻng futboldagi faoliyatini yakunlaganini rasman eʼlon qilgan. Nafaqaga chiqqanida u Barselonaning ayollar boʻlimida oʻyinlar boʻyicha yetakchi boʻlgan va jinsiga qaramasdan, Barselonadagi jami oʻyinlari boʻyicha eng yaxshi 10talikka kirgan[10]. U shuningdek, 27 ta sovrin bilan nafaqaga chiqqan, bu FC Barcelona Femení oʻyinchilari orasida eng koʻp natija hisoblanadi[17].

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Serrano Ispaniyaning 19 yoshgacha boʻlgan ayollar terma jamoasi aʼzosi boʻlgan va 2007-yilda 19 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi UEFA chempionatida ishtirok etgan[18].

Serranoning asosiy jamoadagi rasmiy xalqaro debyuti 2009-yilning 29-oktyabrida 20 yoshida Avstriyaga qarshi oʻyinda boʻlgan[19]. U 2015-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralash bosqichida Ruminiyaga qarshi oʻyin oʻtkazgan. Melanie 2015-yilda Kanadada boʻlib oʻtgan ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Ispaniya terma jamoasi tarkibidagi asosiy futbolchilardan biri boʻlgan[2]. Serrano Jahon chempionatida hech qanday oʻyin oʻtkazmagan, chunki Ispaniya musobaqaning guruh bosqichidan oʻz uyiga qaytib ketgan[20].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yildan boshlab Serrano hamshiralik ishi boʻyicha tahsil olmoqda[21].

2021-yil iyun oyida Serranoning faoliyati Blanes meri Anxel Kanosa tomonidan Blanes gerbining tosh lavhasi bilan taqdirlangan[22].

Serrano Lara Salmeron bilan munosabat qurib keladi. 2021-yil sentabrida er-xotin egizak farzand kutayotganliklarini eʼlon qilishgan[23]. Natura va Itzel ismli egizaklar 2022-yil 17-fevralda tugʻilgan[24].

  1. „List of Players – 2015 FIFA Women's World Cup“. Fédération Internationale de Football Association. 2016-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 18-iyun.
  2. 2,0 2,1 2,2 „List of Players – 2015 FIFA Womenʼs World Cup“ (PDF). Fédération Internationale de Football Association. Archived from the original (PDF) on 10 April 2016. Retrieved 18 June 2015.
  3. „Melanie profile“. FC Barcelona. 2015-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-iyun.
  4. Profile in UEFA's website
  5. Irigoyen, Juan. „Ya nadie despierta a Melanie“. El País (2016-yil 24-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 5-sentyabr.
  6. Robe. „Melanie Serrano, el amor eterno a un club“. grada3.com. Grada3 (2021-yil 19-may). Qaraldi: 2021-yil 16-sentyabr.
  7. „Melanie tops all-time ranking for appearances“. FC Barcelona (2020-yil 4-mart). Qaraldi: 2020-yil 30-iyul.
  8. Poquí. „Messi-Melanie: carreras paralelas“ (es). Mundo Deportivo. Mundo Deportivo (2021-yil 11-may). Qaraldi: 2022-yil 14-may.
  9. Muñoz. „Melanie, Alexia y Vicky, del inicio en 2012 a la final de 2021“ (es). Mundo Deportivo (2021-yil 16-may). Qaraldi: 2022-yil 14-may.
  10. 10,0 10,1 Poquí. „Messi-Melanie: carreras paralelas“ (es). Mundo Deportivo. Mundo Deportivo (2021-yil 11-may). Qaraldi: 2022-yil 14-may.Poquí, Joan (11 May 2021).
  11. Menayo. „El Barcelona silencia La Catedral con su alirón“ (es). MARCA. Qaraldi: 2022-yil 14-may.
  12. „Soccer-Barcelona women rout Espanyol on return to Camp Nou“ (en). Reuters (2021-yil 6-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 13-may.
  13. G. Gil. „Melanie Serrano renueva por el Barcelona por una temporada“ (es). AS.com (2020-yil 30-iyun). Qaraldi: 2022-yil 14-may.
  14. „Triple renovación en el Barça: Melanie, Crnogorcevic y Falcón“ (es). AS.com (2021-yil 26-iyun). Qaraldi: 2022-yil 13-may.
  15. „Barça Women 7-0 Eibar Women: Absolutely relentless“ (en). www.fcbarcelona.com. FC Barcelona (2022-yil 6-fevral). Qaraldi: 2022-yil 13-may.
  16. Puig. „FC Barcelona| Melanie Serrano llega a los 400 partidos de Liga“ (es). sport (2022-yil 16-aprel). Qaraldi: 2022-yil 13-may.
  17. Valdunciel. „Melanie Serrano, de vivir un descenso a jugar en el Camp Nou“ (es). Mundo Deportivo (2022-yil 29-mart). Qaraldi: 2022-yil 14-may.
  18. „Melanie Serrano Pérez stats | FC Barcelona Players“ (en). FCB Jugadors. FC Barcelona. Qaraldi: 2022-yil 14-may.
  19. international debut
  20. Robe. „Melanie Serrano, el amor eterno a un club“. grada3.com. Grada3 (2021-yil 19-may). Qaraldi: 2021-yil 16-sentyabr.Robe, Christian (19 May 2021).
  21. López Tovar. „Melanie Serrano: "Los niños iban en taxi; yo, en tren"“ (es). La Vanguardia (2019-yil 8-mart). Qaraldi: 2022-yil 14-may.
  22. „Homenaje a Melanie Serrano en Blanes“ (es). Mundo Deportivo. Mundo Deportivo (2021-yil 17-iyun). Qaraldi: 2022-yil 13-may.
  23. „Melanie Serrano Anuncia Sera Madre Partida Doble“. Mundo Deportivo. Qaraldi: 2021-yil 10-sentyabr.
  24. Batalla. „Melanie Serrano ya ha sido madre de gemelas“ (es). Mundo Deportivo (2022-yil 20-fevral). Qaraldi: 2022-yil 14-may.