Melanj gazlama
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Melanj gazlama — har xil rangga boʻyalgan tolalar (paxta, jun, kim-yoviy va sunʼiy tolalar) aralashmasidan yigiriladigan bir ipli yoki pishitilgan kalava ip (melanj ip) dan toʻqiladigan rangdor gazlama. Keng tarqalgan xillari: triko, sheviot, drap, diagonal, koverkot, movut. Jun tolalaridan toʻqilgan M. g . nomiga "melanj" soʻzi qoʻshiladi, mas, mo-vut-melanj, drap-melanj va hokazo. Oddiy rangdor yoki boʻyalgan gazlamalardan M.g . uziga xos rang jilolari ("uyinlari") bilan farqlanadi. Paxta tolalaridan toʻqilgan M. g . ni pardozlashdan oqartirish (ohorlash) jarayoni bajarilmaydi, chunki bunda tolalarning ranglari aynishi mumkin. Unga faqat mexanik ishlov berish (uzun tuklarini qirqish, tarab tuk chiqarish) va maxsus moddalar (kraxmal, yelim, sintetik smola va boshqalar) shimdirish (qattiqlik, gʻijimlanmaslik, kirishmaslik xossalarini berish uchun) mumkin.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |