Kontent qismiga oʻtish

Melody Anderson

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Melody Anderson
Tavalludi 3-dekabr 1955-yil (1955-12-03) (69 yosh)
Fuqaroligi Kanada va AQSh
Kasbi Aktrisa, ijtimoiy xodim, notiq
Faoliyat yillari 1977-1995-yillar

Melody Anderson (1955-yil 3-dekabrda tugʻilgan) — kanadalik nafaqadagi aktrisa, ijtimoiy xizmatchi va giyohvandlikning oilalarga taʼsiri tavsiflashga ixtisoslashgan notiq. Aktrisa sifatida uning eng mashhur roli 1980-yilda suratga olingan Flash Gordon filmidagi Dale Arden roli boʻlgan. Keyinchalik u 1986-yilda Chuck Norris bilan „Firewalker“ filmida rol ijro etadi. Qoʻshiq aytish bilan birga, u 1970-yillarning oxiri va 1980-yillarda filmlar va televidenieda rollarni olib boradigan aktrisa sifatida ham namoyon boʻladi.

Oʻrta maktabdan soʻng Anderson Ontario shtatining Ottava shahridagi Karleton universitetida jurnalistika boʻyicha bakalavr darajasiga erishadi. Anderson Janubi-sharqiy Osiyo va Avstraliyaga sayohat qilishdan oldin Kanada radioeshittirish korporatsiyasida qisqa vaqt davomida efirdagi muxbir sifatida ishlagan va u Sidney gazetasida ishlaydigan birinchi avstraliyalik boʻlmagan ayol muxbirlardan biri boʻlib faoliyat yuritgan[1].

Shimoliy Amerikaga qaytgan Andersonning birinchi ommabop ishlaridan 1977-yilda „Logan's Run“ serialida mehmon yulduz boʻlganligi va xuddi shu yilda „Welcome Back, Kotter“ serialida "Sweathog " rolida boʻlganligidir. U televidenieda koʻplab koʻrsatuvlarda mehmon sifatida ishtirok etgan. Archie Bunker’s Place, Battlestar Galactica, Dallas, TJ Hooker, CHiPs, The A-Team va The Fall Guy filmidagi uchuvchi epizodi shular jumlasidandir. U St. Elsewhere va Jake and the Fatman filmlarida takrorlanuvchi rollarni ijro etgan[2]. U NBC suratga olgan 1983-yilgi Manimal serialining ayol bosh qahramoni boʻlgan[3]. U 1989-yilda „Murder, She Wrote“ filmidagi „Prediction: Murder“ epizodida mehmon yulduz boʻlgan[4].

Anderson 2009-yil oktyabr oyida Manhattanda boʻlib oʻtgan Big Apple konventsiyasi kabi janrdagi konvensiyalarida qatnashib turadi[5].

Ijtimoiy faolligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anderson Kaliforniyada sertifikatlangan EMDR klinikasi/EMDR terapevti sifatida litsenziyalangan xizmat koʻrsatish bilan shugʻullanadi[6].

Anderson New York va California shtatlarida LCSW (litsenziyalangan klinik ijtimoiy ishchi), Manhattan va Gʻarbiy Los Angelesda xususiy amaliyotlarga egadir. Shuningdek, u Los Angelesdagi bir nechta davolash markazlarida terapiya guruhlarini tashkil qilgan[7]. Anderson — giyohvandlik va oila boʻyicha xalqaro maʼruzachi va ommaviy axborot vositalari vakili hamdir. U giyohvand moddalarni suiisteʼmol qilish va ruhiy salomatlik bilan bogʻliq boshqa taʼlim sohalari haqida taqdimotlar qilib boradi[8].

Filmografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Sarlavha Rol Izohlar
1980 Flash Gordon Dale Arden
1981 Dead & Buried Janet Gillis
1986 The Boy in Blue Dulcie
1986 Firewalker Patricia Goodwin
1989 Speed Zone Lea Roberts
1991 Under Surveillance Cathy Meadows
1992 Landslide Clair Trinavant

Televizion rollari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Sarlavha Role= Izohlar
1977 Welcome Back, Kotter Blonde Sweathog Epizod: „Sweathog Back-to-School Special“
1978 Loganʼs Run Shelia Epizod: „Carousel“
1979 Pleasure Cove Julie Televizion film
1979 Elvis Bonnie Televizion film
1979 Battlestar Galactica Brenda Maxwell Epizod: „Experiment in Terra“
1979 B. J. and the Bear Toni Epizod: „Wheels of Fortune“
1982 Archie Bunker’s Place Cheryl Epizod: „Gary’s Ex“
1982 Dallas Linda Farlow Epizod: „The Big Ball“
1982 T. J. Hooker Kate Nichols Epizod: „Terror at the Academy“
1982 The Fall Guy Mary / Mary Walker 2ta epizod
1983 CHiPs Emily Epizod: „Day of the Robot“
1983 The A-Team Avon Epizod: „Mexican Slayride“
1983 St. Elsewhere Nurse Jill Roberts 5ta epizod
1983 Manimal Brooke McKenzie 8ta epizod
1983 Policewoman Centerfold Jennifer Oaks Televizion film
1984 Ernie Kovacs: Between the Laughter Edie Adams Televizion film
1984 High School U.S.A. Cindy Franklin Televizion film
1986 Hotel Lauren Moffat Epizod: „Triangles“
1986 Beverly Hills Madam Claudia Winston Televizion film
1986 Philip Marlowe, Private Eye Rhonda Farr Epizod: „Blackmailers Donʼt Shoot“
1987 Deep Dark Secrets Julianne Wakefield Televizion film
1989 Murder, She Wrote Katherine Aaron Epizod: „Prediction: Murder“
1989 The Hitchhiker Sterling Epizod: „The Cruelest Cut“
1989 Final Notice Kate Davis Televizion film
1990 Hitler’s Daughter Sharon Franklin / Mary Lipscomb Television film
1991-1992 Jake and the Fatman Neely Capshaw 6ta epizod
1992-1993 All My Children Natalie Marlowe / Janet Dillon 61 epizod
1993 Marilyn & Bobby: Her Final Affair Marilyn Monroe Televizion film
1995 Burkeʼs Law Alexandra Kohl Epizod: „Who Killed the World’s Greatest Chef?“
  1. Ackerman. „Playing a Better Melody“. The Fix (1-yanvar 2012-yil). Qaraldi: 7-aprel 2019-yil.
  2. Romero, Dennis. „ʻJake’ Gives Anderson a New Facet in Her Constantly Evolving Career“. Los Angeles Times (9-noyabr 1991-yil). Qaraldi: 1-fevral 2019-yil.
  3. Scott, Vernon. „Scott's World;NEWLN:'Manimal's' Melody Anderson: Beauty and the beasts“. United Press International (5-noyabr 1983-yil). Qaraldi: 1-fevral 2019-yil.
  4. Parish, James Robert. The Unofficial Murder, She Wrote Casebook. New York: Kensington Books, 1997 — 180-bet. ISBN 1-57566-210-8. 
  5. „"Don't miss Melody Anderson at Big Apple Comic-Con" Accessed 18-yanvar 2010-yil“. Wizard World. 18-iyul 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-avgust 2010-yil.
  6. „Melody J. Anderson, LCSW“. EMDR Therapy Network. 1-yanvar 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-aprel 2019-yil.
  7. „Melody Anderson“. Psychology Today. Qaraldi: 7-aprel 2019-yil.
  8. Melody Anderson, All-American Speakers. Retrieved September 3, 2012