Memorial muzeylar
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Memorial muzeylar - muhim tarixiy voqealar, davlat, siyosat, jamoat va harbiy arboblar, fan, adabi-yot va sanʼat namoyandalariga bagʻishlangan muassasa, muzeylar. Memorial muzeylar, odatda, davlat tomonidan muhofaza qilinayotgan yodgorlik majmualari (voqea boʻlib oʻtgan joylar, mashhur kishilar hayoti va faoliyati bilan bogʻliq uylar, Memorial muzeylar toʻplamlari va shahrik.) negizida barpo etiladi. Memorial muzeylarning tarixiy holatini toʻliq saqlagan ansambl (mas, Tosh-kentdagi Gʻafur Gʻulom uy-muzeyi va boshqalar), ilmiy rekonstruksiya qilingan (mas, Samarqanddagi Ulugʻbek muzeyi va boshqalar), ayrim toʻplamlar asosida tashkil topadigan turlari bor. Memorial muzeylar nodir moddiy, tasviriy va yozma manbalarni saqlaydi, oʻrganadi, ularni tashviq qiladi, madaniy-maʼrifiy va ilmiy ishlar olib boradi, yoʻl koʻrsatkichlar va shahrik.ni nashr etadi.
Oʻzbekiston hududida Ulugʻbek, Sadriddin Ayniy (Samarqand), Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qodiriy, Yunus Pajabiy, Tamaraxonim, M. Turgʻunboye-va (Toshkent) va boshqalarning Memorial muzeylar i bor.
Xorijiy mamlakatlarda Buxenvald, Osvensimdagi fashizm qurbonlari yodgorliklari Memorial muzeylar, Stratford-on-Eyvon shahridagi Shekspir, Veymardagi I. V. Gyote va boshqa Memorial muzeylar mashhur.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |