Kontent qismiga oʻtish

Memrise

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Memrise — foydalanuvchilar tomonidan yaratilgan oʻquv platformasi boʻlib, oʻquv quroli sifatida kartochkalardan foydalanadi. U til oʻrganishga ixtisoslashgan, ammo boshqa sohalardan ham turli-tuman mavzular taklif etadi.

Memrise da 25 tilda 150 dan ortiq til kursi mavjud. Ilovasida 20 milliondan ortiq foydalanuvchi roʻyxatdan oʻtgan. 2016-yil oxiridan boshlab Memrise monetizatsiya qilindi.

2017-yilda bu ilova eng yaxshi ilova nominatsiyasida Google Play mukofotini oldi[1].

Kelib chiqishi va rivojlanishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Memrise platformasiga Buyuk xotira ustasi unvoniga ega Ed Kuk va Prinston universitetining inson xotirasini oʻrganishga ixtisoslashgan neyrobiologi Greg Detre tomonidan asos solingan. Sayt 2009-yilda Prinston tadbirkorlik klubining TigerLaunch tanlovida yutib chiqqanidan keyin yopiq beta-versiyada ishga tushirilgan[2]. 2012-yil 1-oktabrda Memrise 1.0 nomidagi saytning beta-versiyasi sinovi uchun tizim 100 nafar foydalanuvchiga ochilgan.

2013-yil may oyidan boshlab Memrise ilovasini App Store (iOS uchun) va Google Play platformalaridan yuklab olish mumkin[3].

Intervalli takrorlashlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Memrise raqobatchisi Duolingo singari til oʻrganishda oʻyin usulidan foydalanadi. Oʻrganishni tezlashtirish uchun intervalli takrorlash texnologiyasi qoʻllanadi[4].

  1. pobediteli Google Awards 2017 godPublished May 19, 2017
  2. „TigerLaunch 2009“. princetoneclub.com. 23-dekabr 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „Forums > What's New: May 20th News! - Memrise“. Memrise. 2013-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-yanvar 2015-yil.
  4. Shellenbarger, Sue „Flashcards Get Smarter So You Can, Too“. WSJ. 2020-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-iyun 2019-yil.(ingl.)