Mendizorrotza stadioni
Mendizorrotza futbol maydoni | |
Manzili | Vitoria-Gasteiz, Ispaniya |
---|---|
Koordinatalari | 42°50′14″N 2°41′17″W / 42.83722°N 2.68806°W |
Operator | Deportivo Alavés |
Sigʻimi | 19,840[1] |
Maydon oʻlchami | 105 x 68 m |
Chim turi | Maysa |
Konstruksiya | |
Ochilgan | 1924-yil 27-aprel |
Kengaytirilgan | 1999-yil |
Ijarachilar | |
Deportivo Alavés |
Mendizorrotza yoki Mendizorroza — Ispaniyaning Vitoria-Gasteiz shahrida joylashgan futbol maydoni. Undan Deportivo Alavés jamoasi uy maydoni sifatida foydalanadi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1924-yil 27-aprelda ochilgan ushbu stadion Ispaniya professional futbol ligasidagi El Molinón va Mestalya stadionlaridan keyingi uchinchi eng qadimiy futbol maydonlaridan biri sanaladi[2].
Mendizorroza shu kungacha bir necha marta taʼmirlangan. Ulardan eng asosiysi 1999-yilgi tomoshabinlar sigʻimini hozirgi 19,840 ga oshirish maqsadida burchaklarga qoʻshimcha tribunalar qoʻshilgandagi taʼmiri hisoblanadi.
2016-yilda klub prezidenti Josean Querejeta stadionni modernizatsiya qilish va keygaytirishni[3], maydon sigʻimini 28,000 ga yetkazishni eʼlon qilgan[4]. Ispaniyadagi COVID-19 pandemiyasi sababli 2020-yilning iyun oyida klub loyihaning kamida 1 yilga kechiktirilganligini tasdiqlagan.
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Asosiy kirish qismining koʻrinishi
-
Stadionning tashqi koʻrinishi
-
2021-yildagi ichki koʻrinishi
-
Stadion 2017-yilda
-
Stadionning ichki qismi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Mendizorrotza Stadium“. 2015-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 11-aprel.
- ↑ „Cinco cosas que quizá no sabías de Mendizorroza“ (es). LaLiga.es (2015-yil 1-sentyabr). Qaraldi: 2016-yil 30-may.
- ↑ „El nuevo Mendizorrotza, un estadio para Vitoria y Álava“ [The new Mendizorrotza, a stadium for Vitoria and Álava] (es). Deportivo Alavés (2016-yil 18-dekabr). 2016-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 17-mart.
- ↑ „Mendizorroza se ampliará hasta los 28.000 espectadores“ [Mendizorroza will be expanded to 28,000 spectators] (es). Diario AS (2018-yil 25-iyun). Qaraldi: 2019-yil 3-mart.