Mening mulkim
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Mening mulkim ("Chastnaya sobstvennost") — haftalik iqtisodiy gazeta. Kichik va oʻrta biznes subʼyektlari, aksiyadorlar, bank xodimlari, ishbilarmonlarga moʻljallangan, Toshkent shahrida oʻzbek va rus tillarida nashr etiladi. 1994-yil mart oyidan chiqa boshlagan. Muassislari: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, "Biznes-fond", Qimmatli qogʻozlar bozorini boshqarish va muvofiklashtirish markazi, Koʻchmas mul k birjasi, "Madad" sugʻurta agentligi, "Tadbirkorbank", "Zamin" banki, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, "Zakovat" fondi va boshqa Gazetada "Biznes ishi" (normativ — huquqiy hujjatlar, qonunchilik hujjatlariga sharhlar), "Tovarlar va narxlar" (birja, kichik va oʻrta xususiy biznes, tadbirkorlar uchun birja, chakana va ulgurji bozordagi narxlar axborotnomasi), "Qimmatli qogʻozlar bozori" (aksiyalar, obligatsiyalarni korporativ boshqarish, hisobga olish, sotish masalalari), "Biznes-amaliyot" (tovarning ichki va tashqi bozordagi harakati), "Bank va mijoz", "Investor yon daftaridan" kabi ruknlari bor. Gazeta 4—3 bichimda 16 sahifada chiqadi. Bosh muharrir M. P. Reznikova. Adadi 2250 nusxa (2003).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |