Mening qizim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mening qizim

Teatr nashri uchun poster
Rejissyor(lar) Howard Zieff
Prodyuser(lar) Brian Grazer
Ssenariynavis(lar) Laurice Elehwany
Rollarda
Bastakor(lar) James Newton Howard
Kinematografiya Paul Elliott
Muharrir(lar) Wendy Greene Bricmont
Studiya(lar) Imagine Entertainment
Distribyutor Columbia Pictures
Chiqarilgan sanasi
  • 27-noyabr, 1991-yil(1991-11-27)
Davomiyligi 102 daqiqa
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Byudjeti $17 million[1]
Daromadi $121.5 million

Mening qizim (inglizcha: My Girl) — 1991-yilda rejissyor Howard Zieff tomonidan suratga olingan AQSh romantik komediya-drama filmi. Uning ssenariysi Laurice Elehwany tomonidan yozilgan, filmda bosh rollarni Den Aykroyd, Jamie Lee Curtis, Macaulay Culkin va Anna Chlumskiy ijro etgan. Film 1972-yilning yozida Pensilvaniya shtati Madison shahrida yashovchi 11 yoshli qiz haqida hikoya qiladi. Filmning nomi 1964-yilda The Temptationsning xuddi shu nomdagi klassik qoʻshigʻidan ilhomlanib nomlangan, ushbu musiqa filmning yakunida ham aks ettirilgan. Filmga asoslangan kitob Patrisiya Germes tomonidan yozilgan[2]. Film 17 million dollarlik byudjetda 121 million dollar daromad koʻrdi. Mening qizim 2 filmi esa 1994-yilda namoyish etilgan.

Syujeti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vada Sultenfuss — 1972-yil Pensilvaniya shtatining Madison shahrida yashovchi 11 yoshli qiz. Uning otasi Garri Sultenfuss shaharda dafn marosimlarni boshqarardi. Qizchaning tarbiyasi uni gipoxondriyadan aziyat chekishiga va oʻlimga boʻlgan obsessiyasini rivojlanishiga olib keladi, otasi buni tushunolmaydi. Shuningdek, ular bilan birga yashaydigan „Gramoo“, Vadaning otasi tomonidan buvisiningg aqldan oza boshlashi Vadaning tashvishlarini kuchaytiradi. Uning amakisi Fil esa yaqin joyda yashardi va ularga tez-tez yordam berib turardi.

Vada oʻzining yoshidagi „hamma narsaga“ allergiyasi bor, oʻziga xos boʻlgan bolaThomas J. Senett bilan doʻst edi. Boshqa qizlar ularni shunchaki doʻstligiga ishonishmasdi. Vada doktorga tashrif buyurganida, Thomas J. Vadaning yonida boʻlib, u kasal emasligini aytib, yupatardi. Thomas J. unga juda mehribon edi, ammo Vada bunga javoban unga qoʻpol muomalada boʻlardi.

Rollarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Dan Aykroyd Harri Sultenfuss rolida
  • Jamie Lee Curtis Shelly DeVoto rolida
  • Thomas J. Sennett rolida Macaulay Culkin
  • Anna Chlumsky Vada Margaret Sultenfuss rolida
  • Richard Masur Phil Sultenfuss rolida
  • Griffin Dunne janob Jake Bixler rolida
  • Ann Nelson Gramoo Sultenfuss rolida
  • Anthony R. Jones Arthur rolida

Ishlab chiqarish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Laurice Elehwany tomonidan yozilgan ssenariy dastlab Born Jaundiced deb nomlangan va 1990-yil iyul oyida Imagine Entertainment tomonidan sotib olingan[3]. 1990-yil 24-avgustda Daily Variety jurnalida ushbu ssenariy I Am Woman deb qayta nomlangan, biroq keyinchalik 1991-yilning bahorida Mening qizim yakuniy nomiga oʻzgartirilgan[3]. Elehwany Madisonning xayoliy muhitini oʻzi oʻsgan Pensilvaniya janubi-gʻarbiy qismidagi kichik shaharlarga asoslagan[3].

Mening qizim filmi 1991-yil sentyabr oyida Amerika Kinofilmlar Assotsiatsiyasiga (MPAA) taqdim etilganida, u PG-13 deb baholandi[3]. Oʻsha oyning oxirida film prodyuserlari filmni PG reytingiga qayta tasniflash uchun apellyatsiyani qoʻlga kiritishdi[3].

Namoyish etilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mening qizim filmi ilk bor 1991-yil 27-noyabrda ommaga taqdim etildi[3].

Tanqidiy javob[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film oʻn oltita sharhga koʻra Rotten Tomatoes boʻyicha 52% ballga ega boʻldi. Saytning konsensusida shunday deyilgan: Mening qizim filmining hikoyasi juda yoqimli va bir nechta ajoyib yosh qahramonlarga ega, ammo uning tajovuzkorona tugashi asosan salbiy tanqidlarga sabab boʻlgan“[4]. Roger Ebert filmga 4 yulduzdan 3,5 yulduz qoʻyib, shunday deb yozgan edi: Bu filmning goʻzalligi uning toʻgʻriligida. Baʼzi zerikarli sahnalar bor, lekin oʻziga xos va taʼsirli sahnalar ham mavjud, „uning yuragi“ toʻgʻri joyda[5]. Entertainment Weekly xodimi Owen Gleiberman Chlumskiyning filmdagi ijrosini yuqori baholadi, biroq "filmda jasur, ziddiyatli bolaning hayotida oʻzining yoshiga nisbatan koʻp narsani zimmasiga oladigan bir ogʻirlik bor: U oʻz his-tuygʻulariga qarshi turishi kerak. Mening qizimda baʼzi yoqimli, kulgili lahzalar bor, ammo u chigal, tushunarsiz manzarasida namoyon boʻlgan[6].

Teatr kassalarida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mening Qizim filmi umumiy 12 391 783 dollar bilan ikkinchi oʻrinni egalladi, mahalliy ravishda 59 489 799 dollar, xalqaro miqyosda esa 62 million dollar[7] boʻlib, butun dunyo boʻylab 121 489 7 99 dollar daromad koʻrdi.

Musiqasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filmning soundtrekida „Wedding Bell Blues“ (The 5th Dimension), „If You Donʼt Know Me By Now“ (Harold Melvin & the Blue Notes), „Bad Moon Rising“ (Creedence Clearwater Revival), „Good Lovinʼ“ (The Rascals) va „Saturday in the Park“ (Chikago) nomli qoʻshiqlar mavjud. Vada xafa boʻlgan vaqtda, quloqlarini toʻsib, „Do Wah Diddy Diddy“ qoʻshigʻini kuylardi. Manfred Mann versiyasi ham soundtrek albomiga kiritilgan. Bundan tashqari, Vada va Thomas J. „The Name Game“ oʻynashardi va „Witch Doctor“ ni kuylardilar, Vadaning yotoqxonasining devorida Broadway musiqasining „Hair“, „Karpenters“ va „Donny Osmond“ posterlari bor edi.

Sertifikatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hudud Sertifikatlash Sertifikatlangan birliklar/savdo
Avstraliya[8] Platinum 0 

^ Koʻrsatgichlar faqatgina sertifikatning oʻziga suyanadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „My Girl“. Box Office Mojo. Qaraldi: 2015-yil 15-iyun.
  2. Hermes, Patricia. My Girl, FIRST EDITION 4th Printing (en), New York: Pocket Books, 1991. ISBN 978-0-671-75929-2. 
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 „My Girl“. AFI Catalog of Feature Films. Qaraldi: 2018-yil 7-sentyabr.
  4. „My Girl“. Rotten Tomatoes.
  5. Ebert. „My Girl“. Chicago Sun-Times (1991-yil 27-noyabr). Qaraldi: 2015-yil 15-iyun.
  6. Gleiberman, Owen (December 6, 1991). „My Girl“. Entertainment Weekly. Qaraldi: August 29, 2018.
  7. Groves, Don (February 22, 1993). „Hollywood Wows World Wickets“. Variety. 85-bet.
  8. QOʻLLAB-QUVVATLANMAYDIGAN YOKI BOʻSH HUDUD: Avstraliya.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]