Mening yulduzim (2018)
Muallif(lar) | Erkin Vohidov |
---|---|
Til | oʻzbekcha |
Janr(lar)i | sheʼrlar |
Nashriyot | Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 2018 |
Sahifalar soni | 144 |
ISBN | ISBN 978-9943-07-646-4 |
„Mening yulduzim“, toʻliq nomi „Mening yulduzim: Sheʼrlar“ — oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. 2018-yil Toshkent shahrida Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyotida chop etilgan.[1] Toʻplamga shoir turli yillarda yozgan 56 sheʼr, shu jumladan, „Kamtarlik haqida“, „Mening yulduzim“, „Oʻzbegim“, „Nido“, „Tirik sayoralar“, „Sharqiy qirgʻoq“, „Yaxshidir achchiq haqiqat“, „Inson“ va „Qumursqalar jangi“ sheʼrlari kiritilgan.
Toʻplam nomi shu nomli sheʼr nomidan olingan. 1964-yilda shoirning ilk sheʼriy toʻplamlaridan biri ham „Mening yulduzim“ nomi bilan chop etilgan.
Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Laylo Hasanova – muharrir, Shavkat Ilhomov – badiiy muharrir, Nodira Ahmedova – texnik muharrir, Zilola Mahkamova – kichik muharrir, Miryusuf Mirsolihov – musahhih, Shahboz Sirojiddinov – sahifalovchi. Kitob adadi – 10 000 nusxa.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „„Mening yulduzim“, GNI „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi““. Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasi. Qaraldi: 2020-yil 16-dekabr.[sayt ishlamaydi]