Kontent qismiga oʻtish

Meniskli teleskop

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Meniskli teleskop - astronomik kuzatishlar uchun moʻljallangan optik asbob. Asosiy qismlari — menisk va botiq sferik koʻzgu (rayem). Barcha optik sirtlari sferik shaklga ega. Meniskli teleskopning optik qismlari barcha optik tasvir buzilishlari (aberratsiya) ni bartaraf etishi tufayli yuqori sifatli va keng koʻlamli tasvirlarni hosil qiladi. Meniskli teleskop fotografik teleobʼyektiv vazifasini ham oʻtashi mumkin. Oʻz FA Astronomiya institutida koʻzgusining diametri 1500 mm boʻlgan Meniskli teleskop oʻrnatilgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil