Kontent qismiga oʻtish

Menkaura

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Menkaure yoki Menkaura (misrcha: mn-kꜣw-rꜥ) Qadimgi podsholik davrida Misrning Toʻrtinchi sulolasining fir’avni boʻlgan. Ellinlashtirilgan Mykerinos (qadimgi yunoncha: Μυκερῖνος Herodotga koʻra) ismi bilan mashhur boʻlib, ism Mycerinus va Menkheres (qadimgi yunoncha: Μεγχέρης Manetoga koʻra) oʻlaroq lotinlashtirilgan. Manetoning soʻzlariga koʻra, podsho Bixerisning taxt vorisi boʻlgan. Ammo Arxeologik dalillarga koʻra, Xafraning vorisi ekanligi aniqlangan. Afrikanus esa Soris, Suphis I, Suphis II, Mencherês (=Menkaura), Ratoisês, Bicheris, Sebercherês va Thampthisni toʻrtinchi sulola hukmdorlari oʻlaroq yuqoridagi tartibda xabar beradi[1]. Menkaura Gizadagi qabri, Menkaura piramidasi va maʼbuda Xatxor hamda turli mahalliy xudolar bilan birga yasalgan haykal triadasi bilan mashhur.