Kontent qismiga oʻtish

Menorragiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Menorragiya (yun. men — oy va rhegnymi — yorilaman) — hayz vaqtida har safar odatdagidan koʻra uzoqroq (5 kundan ortiq) va koʻproq qon ketishi. Bachadon muskullarining qisqarish xususiyatini susaytiradigan jarayonlar sabab boʻladi. Bachadonning bir qancha kasalliklarida (bachadon fibromiomasi, raki va boshqalar) kuzatiladi. Giper-menorreya (hayz qonining koʻp kelishi, bunda hayz sikli buzilmaydi), poli-menorreya (hayzning uzoq davom etishi), proyomenorreya (hayzning tez-tez boʻlishi) kabi xillari bor. Baʼzan kizlar hayz koʻra boshlaganda, tuqqanda va abortdan keyin, bachadonda yoʻldosh boʻlagi qolganda, hayz butunlay toʻxtashidan oldin ham M. roʻy beradi. M.ga sabab boʻlgan asosiy kasallik davolanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil