Kontent qismiga oʻtish

Mentalitet

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mentalitet (lotincha: mentalis — akliy) — ayrim kishi yoki ijtimoiy guruhga xos aqliy qobiliyat darajasi, maʼnaviy salohiyat. Jamiyat, millat yoki shaxsning Mentaliteti ularning oʻziga xos tarixiy anʼanalari, urf-odatlari, diniy eʼtiqodini ham qamrab oladi. Har bir millatning Mentaliteti uning tarixi, yashab turgan shart-sharoiti, ijtimoiy faolligi va boshqa bir qancha omillar bilan bogʻlangan boʻladi. Masalan, oʻzbek millati Mentalitetining shakllanish jarayoni deyarli uch yarim ming yillik tarixga ega. Oʻzbek xalqi insoniyat moddiy va maʼnaviy madaniyatini bebaho durdonalar bilan boyitgan. Uning Mentaliteti, aqliy qobiliyati oʻtkirlashib borgan. Ammo 16—20-asrlar oraligʻida turli istibdod va mustamlakachilik zulmini boshidan kechirganligi tufayli milliy Mentalitetiga jiddiy putur yetdi. Mustaqillik mafkurasi oldida oʻzbek xalqining haqiqiy Mentalitetini tiklash vazifasi turibdi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil