Meridian doira
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Meridian doira — astronomik asbob; astronomiyaning astrometrik sohasida ishlatiladigan teleskop; obʼyektivining diametri (15—20 sm) va fokus masofasi 2,5 m. Gorizontal oʻqi atrofida oʻzi oʻrnatilgan joyning meridiani boʻylab harakatlanadi. Meridian doira yordamida osmon yoritqichlarining ekvatorial koordinatalari (a,5) aniqlanadi. Buning uchun har bir yoritqichning meridiandan oʻtish payti aniq belgilanib, zenit masofasi oʻlchanadi. Teleskopning okulyar qismiga maxsus mikrometr va uning gorizontal oʻqiga masshtabli katta doira oʻrnatilgan. Meridian doira astronomiyadagi eng qad. teleskoshtardan biri.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |