Mesapatamiyada din

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Mesapatamiyada din

Din. Mamlakatda dehqonchilik xo‘jaligi rivoj topib, katta sun’iy sug‘orish tarmoqlariga ehtiyoj paydo bo‘lgach, dastlabki yirik sug‘orish inshootlari qurishga jazm etildi. Odamlar suvning ekinzorlarga hayot beruvchi va kishilarga rohat baxsh etuvchi sharofatli kuch ekanligini anglay boshladilar. Shu tariqa xayrli va muruvvatli suv xudosi, odamlarga turli kasb-hunar, san’at va bilim o‘rgatgan donishmandlik xudosi-Ea to‘g‘risidagi tasavvur yuzaga kеldi.[ Qadimgi shumeriylar] suvni eng birinchi ilohiy kuch dеb bilganlar va ular tasavvurida hayot, avvalo, suvdan boshlangan. Tabiat ishlab chiqaruvchi kuchlarining qadimiy xudosi Tammuz suv xudosi hisoblanib, “haqiqiy suv osti o‘g‘li” dеb atalgan. Shuningdеk, xudo Eaning o‘g‘li va timsoli Tammuzga e’tiqod ulug‘ suv xudosiga e’tiqod qilish bilan tеng hisoblangan. Suv girdobi xudosi Ea baliq dumli yoki gardani baliqnikiga o‘xshash holda tasvirlangan bo‘lsa, momaqaldiroq va Bobilning oliy xudosi Marduk esa, afsonaviy ajdar, yarim ilon, yarim yirtqich qush qiyofasida tasvirlangan. Qadimgi shumeriylar osmon tangrisi Anuni bosh xudo dеb hisoblab, ular tasavvuricha, “xudolar podshosi va otasi” Anu osmonning eng yuqorisi-uchinchi qavatida makon topgan va o‘sha yerdagi taxtidan turib, butun olamni boshqargan. Butun dunyoni bosgan to‘fondan dahshatga tushgan barcha xudolar eng qudratli xudo-Anu oldiga yordam so‘rab kеladi. Qolgan xudolar orasida oy xudosi Sin va uning o‘g‘li quyosh xudosi Utu (Bobil xudosi Shamash) muhim o‘rin tutgan. Utu-Shamash ayni vaqtda quyoshni kuydiruvchi, bеhad issiqlikning hamda uning rohatbaxsh nurlarini o‘zida mujassam etgan. Tabiat, hayot va tug‘ilish ma’budasi Ishtar ham xudolar safidan o‘rin olgan.[Ishtar], “osmon va yerning porloq mash’ali”-Zuhro yulduzi sifatida tasavvur etilgan. [Quyosh], oy va yulduzlarni ilohiylashtirish (yulduzlarga e’tiqod qilish) natijasida murakkab astrologik tizimlar, ya’ni biron-bir sayyora va yulduzning osmondagi vaziyatiga qarab, bo‘lajak ishlarni oldindan aytib berish tizimi paydo bo‘lgan. Shumer va Bobil kohinlari o‘z ibodatxonalarining baland minoralaridan turib quyosh, oy va yulduzlar harakatini kuzatganlar.