Kontent qismiga oʻtish

Meshchanlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Meshchanlar (polyakcha birlikda — mieszczanin) — Rossiya imperiyasida (1775—1917-yillarda) turli toifadagi shahar aholisi (hunarmandlar, mayda savdogarlar va uy egalari)dan iborat tabaqa. Yashash joylari boʻyicha jamoalarga birlashgan, oʻz-oʻzini idora qilish yuzasidan ayrim huquqlarga ega boʻlishgan. 1863-yilgacha qonunga koʻra, tan jazosiga hukm etilishi mumkin boʻlgan. Kuchma maʼnoda — maʼnaviy qashshoq, saviyasi past kishilar.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil