Kontent qismiga oʻtish

Meshchyora pasttekisligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Meshchyora pasttekisligi, Meshchyora tekisligi, Meshchyora — Oka va Sudogda daryolaridan shi-m.dagi pasttekislik. Balandligi 80 m dan 130 m gacha. Meshchyora pasttekisligi muzlik davri yotqiziklaridan hosil boʻlgan qad. allyuvial tekislik. Iqlimi moʻʼtadil kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —10°, — 11°, iyulniki 18°. Yillik yogʻin miqdori 450–550 mm. Daryolari: Buja, Sna, Polya, Gus, Pra. Tuprogʻi asosan, podzol tuproqlar. Koʻl va botqoklik koʻp. Aralash oʻrmonlar oʻsadi. Daryo vodiylarida oʻtloklar bor. Torf, kvars kumlari qazib olinadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil