Kontent qismiga oʻtish

Meshex

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Meshex, Mosox (ivritcha: משך ‎ — Injil qahramoni) Nuh paygʻambarning nabirasi Yofasning oltinchi oʻgʻli.

Bibliya manbalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bibliyada Meshex (va uning avlodi) bilan birga Tubal va Yavon (Iez. 27:13 va boshqalar.)ni birga eslaydi, baʼzi tadqiqotchilar Gerodot va boshqa tarixiy manbalarda eslatib oʻtilgan Mosox va mosxlar yoki Muski xalqini bogʻlab, shundan kelib chiqib, uning avlodlarining asl joylashuvi Qora dengiz va Kaspiy dengizlari oraligʻida yoki Melitena (zamonaviy Turkiya) shimolidagi Kichik Armaniston mintaqasida boʻlgan degan xulosaga kelishadi. Bir qator tarixchilar ham mushklar: maskutlar, mossineklar va makronlar bilan bogʻlashgan. Biroq, Psaltir 119:5 „Holimga voy, Meshehda musofirman, Kedar chodirlari orasida yashayman“ oyati mosx va arab qabilalarini bogʻlovchi xalq deb talqin deb talqin qilinadi.

Solihlar kitobida Meshex (Meshek) oʻgʻillarining ismlari Dedon, Saron va Shebashni tilga olinadi[1].

Qadimgi havolalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nenniy va Iosuf Flaviy ularni Kapadokiyaliklar, yaʼni, aynan mushklar (Moschoi) bilan bogʻlaydi[2]. Rimlik Ippolit va oʻrta asr arman tarixchilari Meshexning avlodlarini iliriyaliklar bilan aniqlaydilar[3][4].

Zamonaviy identifikatsiyalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Meshex (Mosox) nomining Rossiya poytaxti nomi bilan uygʻunligi soʻnggi oʻrta asr adabiyotida toponimik afsonalarni keltirib chiqardi, unga koʻra Mosox Moskvaning eponimidir. 1674-yilda birinchi marta nashr etilgan Kiyev sinopsisi Meshex va Moskva avlodlari oʻrtasidagi aloqa haqidagi versiyaga tayanadi. Moskvaliklar afsonaviy Meshexning avlodlari boʻlgani haqidagi Kiyev sinopsisiga keyinchalik V. N. Tatishev ham slavyanlarning kelib chiqishining boshqa versiyalari qatorida havola berdi. Xuddi shu gipoteza koʻplab boshqa manbalarda, asosan, XVII-asrda[5] uchraydi va Lomonosov[6] va Trediakovskiy[7] tomonidan koʻrib chiqiladi.

Ayzek Azimov Meshexni ossuriyaliklar „mushki“ deb atagan frigiyaliklar bilan birlashtiradi[8].

  1. KNIGA YaShYeRA (PRAVYeDNOGO), Glava 7:8 „I sinovya Mesheka bili: Dedon (Dedon), Tsaron (Zaron) i Shebashni (Shebashni).“
  2. Иудейские древности, Kn. 1, gl. 6:1
  3. Мовсес Каганкатваци „Гл. 2 Родословная Иафета и его потомков“, . История страны Алуанк. 
  4. Ованес Драсханакертци „Гл. 1 О поколениях Ноя“, . История Армении. 
  5. „Osnovanie Moskvi“. 2010-yil 14-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-iyun.
  6. „„Drevnyaya rossiyskaya istoriya“ M. V. Lomonosov“. 2012-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-iyun.
  7. "Tri rassujdeniya o trex glavneyshix drevnostyax rossiyskix" V. K. Trediakovskiy
  8. Azimov A. V nachale / per s angl. Babenko V. i Gakova Vl. — M.: Politizdat, 1989 — S.325