Kontent qismiga oʻtish

Mesih Mehmed posho masjidi

Koordinatalari: 41°01′19″N 28°56′36″E / 41.0219°N 28.9434°E / 41.0219; 28.9434
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Masjid
Mesih Mehmed posho masjidi
turkcha: Mesih Mehmed Paşa Camii
Mamlakat  Turkiya
Istanbul Fotih tumani
Koordinatalar 41°01′19″N 28°56′36″E / 41.0219°N 28.9434°E / 41.0219; 28.9434
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi Masjid
Meʼmoriy uslub Usmonli meʼmorchiligi
Meʼmor Xoʻja Sinon
Binokorlik 1584—1585—1585—1586
Gumbaz yoʻgʻonligi 12.8 metres (42 ft)
Minoralar soni 1
Minoralar soni 1
Holati amaldagi

Mesih Mehmed posho masjidi (turkcha: Mesih Mehmed Paşa Camii) – Istanbul shahri, Fotih tumanidagi XVI asrda qurilgan Usmonli masjidi. Masjid qurilishi Murod III ning sadr vazirlaridan biri Mesih Mehmed posho tomonidan buyurtma qilingan va Usmonli imperiyasi meʼmori Xoʻja Sinon tomonidan loyihalashtirilgan. Inshoot 1585–1586-yillarda qurib bitkazilgan[1].

Masjid 1584-yilda amaldor Mesih Mehmed posho tomonidan uchinchi vazir lavozimini egallab turgan paytda foydalanishga topshirilgan. Mesih posho 1581-yilda Istanbulga qaytishidan oldin Qohirada olti yilga yaqin Misr general-gubernatori lavozimida faoliyat koʻrsatgan. U 1584-yil iyulda vazir, soʻngra 1585-yil 1-dekabrdan 1586-yil 15-aprelgacha toʻrt oylik sadr vazir lavozimini egallagan. Mesih posho 1589-yilda vafot etgan, oʻlimidan soʻng shu masjidga dafn etilgan[2].

Usmonlilar imperiyasi meʼmori Xoʻja Sinon masjid loyihasida qay darajada ishtirok etgani haqida aniq maʼlumotlar mavjud emas. Meʼmor 1584-yilda Makkaga haj safariga boradi, u yoʻqligida meʼmorning oʻrnini boshqa bir imperator meʼmorlaridan biri Mehmed Subaşı egallaydi[2]. Sinon oʻzining tarjimai holi („Tuhfetu’l-miʼmārīn“) qoralamasida masjidni oʻz loyihalari roʻyxatiga kiritgan, ammo keyingi versiyasida („Teẕkiretü'l-ebniye“) masjid nomini tilga olmagan[2]. Yodgorlikning vaqf bitigida uning qurilgan yili hijriy 994-yil deb berilgan (1585–1586). Janubi-gʻarbiy burchakdagi uch qavatli favvorada ham xuddi shu sana yozilgan. Favvora 1817—1818-yillarda taʼmirlangan[2]. 1587-yilda Mesih posho vafotidan keyin oʻz masjidi yoniga dafn etilishiga ruxsat olgan va 1589-yilda vafot etgan[2].

Arxitekturasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tashqi koʻrinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjidning shimolida toʻgʻri burchakli hovli joylashgan boʻlib, uch tomondan kichik gumbazlarni ushlab turuvchi ustunlardan iborat arkada bilan oʻralgan. Arkadaning shimoliy qismi ostida tahorat olish uchun musluk suv (uylarga quvurlar orqali yetkazib beriladigan suv) mavjud. Old hovlining markazida Mesih poshoning qabri joylashgan. Masjidning shimoliy jabhasida beshta ravoqli qoʻshaloq ayvon bor. Ayvon ustunlari beshta kichik gumbazlarni mustahkamlab turadi[2].

Qoʻrgʻoshin bilan qoplangan asosiy gumbazning diametri 12.8 metr (42 ft). Masjidning har ikki tomonidagi yoʻlaklar uchta kichik gumbazlar bilan qoplangan[2].

  1. „Mesih Paşa Mosque“.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 Necipoğlu 2005.