Metallurg Anosov haykali, Zlatoust
Metallurg Anosov haykali | |
---|---|
: ' | |
Rassom | A.P. Antropov, N.L. Shtamm, and T.L. Shulgina |
Material | Bronza |
Joylashuvi | Zlatoust, Chelyabinsk |
Zlatoust shahridagi metallurg Anosov haykali — Rossiyaning Chelyabinsk viloyati Zlatoust tarixiy markazining bosh maydonida joylashgan. Haykalda rus general-mayori tasvirlangan, metallurg va Ural okrugi gubernatori Anosov Pavel Petrovich sharafiga oʻrnatilgan edi va 1954-yil 19-dekabr kunida ochilgan. Uni moskvalik haykaltaroshlar A. P. Antropov, N. L. Shtamm va meʼmor T. L. Shulgina yaratgan[1][2][3].
Tavsif
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bronza haykali qizil ukrain granitidan tayyorlangan ulkan poydevorga oʻrnatilgan va balandligi 9.5 m (31 ft) teng, haykalning eni 4.6 m (15 ft) hisoblanadi[1].
Anosov Pavel Petrovich haykali bahaybat korpusining general-mayor kiyimida, uning qoʻllari orasida egri chiziq shaklda yasalgan Damashq poʻlati ifodalangan. Mikroskop haykalning chap tomonidagi ustunga, ushbu baland poydevorga oʻrnatilgan. Poydevor silindrsimon shaklda boʻlib, qaysiki kvadrat plintusga suyanadi. Poydevordagi yozuvda: „Buyuk rus metallurgi Pavel Petrovich Anosov 1797-1855-yillar“; uning tugʻilgan yilini aniq manbalariga koʻra 1799-yilga togʻri keladi, keyinchalik 1999-yilda poydevor maʼlumotlari yangilangan[1][3].
Uning tugʻilgan sanasi uzoq vaqtdan beri tadqiqotchilar orasida bahs munozaralarga sabab boʻlib kelmoqda. Faqat ikki asrdan soʻng, dalillarga asoslangan hujjatlarga koʻra aniq sana belgilagan boʻlib; 1796-yil 29-iyun sanasi tasdiqlangan, eski yozuvlar yangilangan[4].
Metallurg haykali 1954-yilda oʻrnatilgan Moskvadagi Yuriy Dolgorukiy haykaliga „egizak“ deb hisoblanadi.
Yaratilish tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yodgorlikning qurilishi Sovet Ittifoqi Vazirlar Kengashining Anosov Pavel Petrovich xotirasiga bagʻishlangan qarori bilan boshlangan[1]. 1948-yil 15-noyabrda Sovet Ittifoqi Vazirlar Kengashining Raisi Iosif Vissarionovich Stalin „Buyuk rus metallurgi Pavel Petrovich Anosov xotirasini abadiylashtirish toʻgʻrisida“ gi № 4229-farmonini imzolagan. Farmonning birinchi bandi Zlatoustda Anosov haykali qurilishiga ishora qilgan. N. A. Yanovskiyning nabirasi P. P. Anosovning yarim asr oldin aytib oʻtilgan orzusini haqiqatga aylantirgan[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 Zlatoust. >> Pamyatnik P. P. Anosovu.
- ↑ Po Rossii na avto. >> Pamyatnik P. P. Anosovu.
- ↑ 3,0 3,1 LiveJournal >> Pamyatniki Zlatousta — Anosov. >> Pamyatnik Pavlu Petrovichu Anosovu. Date: 12 of July, 2012. As per the story of Nikolay Alexandrovich Kosikov, who was the as director of the History Museum in Zlatoust during mentioned years and participated in events.
- ↑ Turisticheskiy portal Chelyabinskoy oblasti. >> Pamyatnik P. P. Anosovu.[sayt ishlamaydi]
- ↑ LiveJournal >> Pamyatniki Zlatousta — Anosov. >> Pamyatnik Pavlu Petrovichu Anosovu. Date: 12 of July, 2012.