Metaolam
Metaolam - Metaolam haqidagi ilk tushuncha 1992-yilda [1]Nil Syivensning “Lavina” ilmiy-fantastik romanida tilga olingan. Unga ko’ra, 21-asrda Yer sayyorasida korporatokriya – korporatsiyalar hukmronligi o’rnatiladi va tartibsizlikka to’la real hayotdan tashqari virtual dunyo ham paydo bo’ladi. Virtual olamda ham insonlar real dunyodagi kabi munosabatda bo’ladilar. Haqqoniy va virtual olam qo’shilib ketgan bo’ladi: bittasidagi voqea ikkinchisiga bevosita aloqador bo’ladi. Aynan shu asar “avatar” atamasining kelib chiqishiga sabab bo’lgan.
Bugungi kunda Metaolam atamasiga aniq izoh berish mumkin, ya’ni u — fizik, to’ldirilgan va virtual haqqoniylikning onlayn muhitdagi o’zaro aralashmasi. Metaolam va haqqoniy dunyoning o’zaro ta’sir etishiga “Birinchi o’yinchilikka tayyorlanish”[2](«Первому игроку приготовиться») filmini olish mumkin.
Metaolam qanday tuzilgan?
[tahrir | manbasini tahrirlash]Metaolamning hayotimizdagi ilk belgisi bu internetdir. Internet olamining yirik o’yinchilari allaqachon metaolam yaratish borasidagi rejalarini ishlab chiqishmoqda. Misol tariqasida, 2021-yilda Mark Sukerberg bizni axborot iste’molchisi emas, balki axborotlar ichida bo’lish tasavvurini uyg’otadigan “uch o’lchamli internet” ustidagi ishlar haqida ma’lum qilgan edi. Metaolam haqidagi fikrlar ko’p, eng mashxuri venchur investori Metyu Bolga tegishli. Bol o’zgacha olam haqidagi tushunchalarini 7 ta tushuncha bilan izohlagan.
Metaolam to’xtamaydi: uni pauza qilish, o’chirish yoki tugatishni iloji yo'q.
Uning ichidagi voqealar real vaqtda sodir bo’ladi, hodisalar esa tashqi ta’sirlarga aloqador bo’lmaydi.4
Unga tashrif buyuruvchilar borasida cheklovlar mavjud emas.
Uning o’z iqtisodiyoti bor: odamlar “bajargan” ishiga mos ravishda “haq” olishadi, mulkni tasarruf qilishadi.
Metaolamda haqqoniy olamdagi buyumlarga egalik qilish mumkin: misol uchun o’zingizni real hayotdagi noutbugingizdan metaolam doirasida ham foydalana olasiz.
Turli platformadagi ma’lumot va raqamli aktivlar birlashtirilgan: Counter-Strike va Fortnite’dagi buyumlardan foydalanish, Need for Speed’dagi mashinani sotib olish va uni Facebook’dagi do’stlarga sotish mumkin. Metaolam alohida yoki tashkilot ko’rinishidagi foydalanuvchilari tomonidan yaratilgan “kontent va tajriba” bilan to’la. Metaolamni loyihalashtirish ta’lim, muloqot va korporativ muhit uchun dolzarb.
Metaolam yo’lidagi ilk qadamlar
[tahrir | manbasini tahrirlash][3] Yaqinda Facebook kompaniyasi[4]Oculus Quest 2 virtual haqqoniylik shlemi uchun ilova ishlab chiqdi.[5]Horizon Workrooms — bu masofaviy ishlovchilar uchun virtula muhit. Bu turdagi uchrashuvlarga qo’shilish uchun VR ko’zoynak yoki shlem talab etilmaydi, shunchaki kompyuter bo’lsa yetarli. Har bir ishtirokchi o’z avatariga ega.
Bugungi kunda Horizon Workrooms metaolamga o’xshamaydi, u ko’proq sinovdan o’tayotgan texnologiya ko’rinishiga ega: ilova barmoq izini o’qish, masofadagi ish stolini uzatib berish, audio, shuningdek Outlook va Google taqvimlari bilan ishlaydi. Uning ichida avatarlar tekis harakat qilishiga mo’ljallangan ko’z, yuz, tana qismlari uchun treker mavjud. Bir vaqtning o’zida virtual muhitda 50 tacha kishi yig’ilishi mumkin. Aslini olganda, bu texnologiya unchalik ham yangi emas: Apple hali 2020-yilda memodji taqdim etgan edi. Unda emotsiyalarni nafaqat insonga o’xshaydigan avatar, balki jonivorga o’xshaganlari ham, misol uchun yakkashox (bir shoxli afsonaviy jonivor -tahr.) ham ifodalashi mumkin.
Facebook’ning yana bir loyihasi — Oculus Quest orqali uydan turib ishlash uchun mo’ljallangan[6]Infinite Offic’dir. Biroq bundanda texnologik yechimga halicha kompaniya qaror qilganicha yo’q. Yaqinda Facebook Ray-Ban bilan birgalikda yuzni aniqlashga mo’ljallangan aqlli ko’zoynaklar g’oyasini ishlab chiqdi. Biroq keyinchalik bu g’oyadan shaxsiy hayotga dahl qilish havfi borligi tufayli voz kechishdi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ https://www.amazon.com/Lavina-Nil-Stivenson/dp/5040998414
- ↑ https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%9F%D0%B5%D1%80%D0%B2%D0%BE%D0%BC%D1%83_%D0%B8%D0%B3%D1%80%D0%BE%D0%BA%D1%83_%D0%BF%D1%80%D0%B8%D0%B3%D0%BE%D1%82%D0%BE%D0%B2%D0%B8%D1%82%D1%8C%D1%81%D1%8F_(%D1%84%D0%B8%D0%BB%D1%8C%D0%BC)
- ↑ https://register.sandbox.game/meta3?gclid=Cj0KCQjwspKUBhCvARIsAB2IYutjqdAM_vh3BMwa_roA7eaGJNRZkdQ1KLVbDNrLbZKgwPWt6PWnsk8aAs_HEALw_wcB[sayt ishlamaydi]
- ↑ s
- ↑ https://www.oculus.com/workrooms/
- ↑ https://uploadvr.com/how-to-use-infinite-office-oculus-quest-2/#:~:text=The%20big%20idea%20behind%20Infinite,interactions%20into%20your%20real%20world.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |