Kontent qismiga oʻtish

Meteorologik elementlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Meteorologik elementlaratmosferaning maʼlum bir vaqtdagi holatini, undagi jarayonlarni ifodalovchi umumiy parametrlar. Meteorologik elementlar, asosan, havo temperaturasi, bosimi, namligi, shamol kuchi va yoʻnalishi, bulut, yogʻin turi va miqdori, tuman, tiniqlik, suv va tuproq temperaturasi, Quyosh radiatsiyasi, Yer va atmosferaning issiklik nurlanishi, qor qatlami va hokazodan iborat. Shuningdek, Meteorologik elementlarga obhavoda sodir boʻladigan turli hodisalar — momoqaldiroq, qor va qum boʻronlari ham kiradi. Meteorologik elementlar asosida atmosferada sodir boʻlayotgan jarayonlar haqida batafsil maʼlumotlar olish mumkin. Meteorologik elementlardan obhavoni oldindan aytishda, iqlim normalarini hisoblashda va boshqa ilmiy tadqiqot ishlarida keng foydalaniladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil