Kontent qismiga oʻtish

Metonimiya

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Metonimiya – ikki tushuncha oʻrtasidagi yaqinlikka asoslangan oʻxshashsiz koʻchim. Metonimiyada biror narsa yoki voqea-hodisaning nomi boshqasiga koʻchiriladi, biroq bu nomlash narsalar oʻrtasidagi oʻxshashlikka emas, balki ular oʻrtasidagi yaqinlikka, aloqadorlikka asoslanadi.

Masalan: Barmogʻimni kesib oldim

Bu koʻchim bir qancha koʻrinishlarga ega:

1. Kishi yoki narsaga xos xususiyat oʻsha kishi yoki narsaning nomiga oʻtkaziladi:

Ahyon-ahyon gazetlarda koʻrinasan, 
Oʻqiguncha yopishaman juda jazman.
(Gʻafur Gʻulom)

2. Muallifning nomi uning asari oʻrnida qoʻllanadi:

Fuzuliyni oldim qoʻlimga, 
Majnun boʻlib yigʻlab qichqirdi…
(Hamid Olimjon)

3. Biror narsaning harakati yoki uning natijasi shu harakatni bajaruvchi qurolning nomiga koʻchiriladi: Uning perosi qasos oʻti bilan yonadi.

4. Biror narsani u yasalgan material bilan almashtirib ataladi:

Poʻlat qush ham qomatin rostlab, 
Bulutlarni etar tumtaraq.
(Hamid Olimjon)

5. Maʼlum joydagi kishilar maʼnosi shu joyga koʻchiriladi: Majlisga butun qishloq keldi. (Abdulla Qahhor)