Metropoliten-opera
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Metropoliten-opera (Metropolitan Opera) — AQSH ning yetakchi opera teatri, opera sanʼatining yirik markazlaridan. 1883-yilda Nyu-Yorkda tashkil etilgan. Yirik firmalar, jamiyatlar, shaxslar tomonidan ajratilgan mablagʻlar hisobiga faoli-yat koʻrsatadi. AQShda yagona doimiy ishlaydigan opera teatri (har yili 7 oy davomida faoliyat koʻrsatadi). Faqat xor va orkestri muqim, yetakchi xonanda va dirijyorlar butun dunyodan mu-ayyan spektaklga yoki maʼlum muddatga taklif etiladi. Dastlabki yillari fransuz va nemis kompozitorlari (koʻproq R. Vagner) asarlari asosiy oʻrin olgan. 1909-yilda ilk bor amerika kompozitori (F. Konvers, "Ehtiros trubkasi") asari sahnalashtirildi. A. Toskanini ishlagan davrida (1908— 15) repertuari italyan, fransuz, rus kompozitorlari asarlari bilan boyigan. 1910-yillardan boshlab operalar har bir xalqning oʻz ona tilida ijro etilmoqda. Turli davrlarda "M.-o."da dunyoning eng mashhur xonanda va dirijyorlari faoliyat koʻrsatgan. 1950— 72 yil lari teatrni R. Bing boshqarib, spektakllarning sahnaviy va musiqiy saviyasini koʻtarishga katta hissa qoʻshgan. "M.-o." repertuaridan Yevropa (J. Verdi, K. Veber, G. Berlioz, J. Vize, J. Rossini, J. Puchchini, R. Vagner, P. Chaykovskiy, M. Musorgskiy, K. Debyussi, R. Shtraus, B. Britten, A. Berg va boshqalar) va Amerika (D. Teylor, L. Gryunberg , Xanson, S. Barber va boshqalar) kompozitorlari asarlari urin olgan. Teatr qoshida "Min-Meg" kamer opera teatri tashkil etilgan (1973). 1966-yilda Nyu-Yorkdagi "Lincoln-center" hududidagi yangi binosi (meʼmor U. K. Harrison) zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan, zali 3800 oʻrinli.
Olimjon Bekov.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |