Meybod

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Meybod

Meybod
Shahar
32°15′0″N 54°1′0″E / 32.25000°N 54.01667°E / 32.25000; 54.01667 G OKoordinatalari: 32°15′0″N 54°1′0″E / 32.25000°N 54.01667°E / 32.25000; 54.01667 G O
Aholisi
 (2016 Census)
80,712[1]
Vaqt mintaqasi UTCIRST
[[File:|290px|Meybod xaritada]]

Meybod (forscha: Meybod) — Eron, Yazd viloyati, Meybod okrugidagi shahar va okrug markaz. 2006-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, uning aholisi 58,295 nafar, 15,703 oiladan iborat boʻlgan[2].

Meybod — Eronning Yazd viloyatidagi yirik choʻl shahri boʻlib, aholisi 75 000 ga yaqin. U Yazddagi ikkinchi yirik shahar hisoblanadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Meybod islomgacha boʻlgan davrga borib taqaladigan qadimiy shahar. Shuning uchun hududda koʻplab qadimiy diqqatga sazovor joylar mavjud.

Muzaffariylar davrida Eronning poytaxti boʻlgan. Erondagi eng qadimiy qasrlardan biri Meyboddagi Narin gʻaleh boʻlib, u Sosoniylar davridan qolgan. Chaparxana va Karvonsaroy Abbosiy Safaviylar davridagi tarixiy binolarning yana bir namunasidir.

Meyboddan koʻplab shoirlar, soʻfiylar va siyosatchilar yetishib chiqqan. „Kashf al-asror“ning muallifi Meybodiy, Oyatulloh Xoriy, Husayn Makkiy va boshqalar Maybodda istiqomat qilgan.

Afsuski, undagi ayrim tarixiy joylar yodgorliklarni qadrlamaydigan mahalliy hokimiyatlar tomonidan buzib tashlangan. Shunga qaramay, Meyobdga har kuni dunyoning turli burchaklaridan koʻplab sayyohlar tashrif buyuradi[3].

Diqqatga sazovor joylar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Narenj (Norin) qal’asi. Soʻzlashuv tilida Narenj qal’asi deb ataladigan bu bino Eronga Islom kelishidan oldingi davrga oid eng muhim yodgorliklaridan biri boʻlib, milliy binolardan biri sifatida qayd etilgan. Bu qadimiy qal’a Galin tepaligida qurilgan. Binoning bir qismi Pahlaviy II davrida yoʻl qurilishi jarayonida vayron qilingan[4].

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]