Kontent qismiga oʻtish

Meyer limoni

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Meyer limoni, xitoy limoni — pakana boʻyli limon navi. Meyer limoni limon bilan apelsin oʻrtasidagi tabiiy duragay hisoblanadi. Xitoyda keng tarqalgan. [[Limon ekiladigan barcha hududlarda uchraydi. Oʻzbekistonda himo-yalangan sharoitlarda issiqxona va transheyalarda oʻstiriladigan asosiy nav. Past boʻyli, shox-shabbalari ixcham. Ochiq joyda boʻyi 2,5 –3 m ga boradi. Meyer limoni yengil va unumdor tuproqlarda yaxshi usadi. Yil davomida 3—4 oʻsish davriga ega. Yillik oʻsishining 70—80% bahordagi birinchi oʻsish davriga toʻgri keladi. Bargi uzunchoq, toʻq yashil, ters tomoni och yashil. 2—3 yil toʻkilmay turadi. Gullari mayda, juft boʻlib barg qoʻltigʻida joylashgan. Apr.mayda shigʻil gullaydi. Mevasi uzun-choq, noksimon, meva yuzasi silliq, bir oz jiloli, vazni 75—80, baʼzan 200 g. Mevasi oktabr oxiri — noyabr oyining boshlarida pisha boshlaydi. Mazasi nordon, xushboʻy. Tarkibida 25–30 mg% askorbin kta, 2,0—4,0% limon kta, 2,5—3,0% qand mavjud. Sharbati meva umumiy vaznining 50% ini tashkil qiladi. Noqulay tashqi omillar taʼsiriga chidamli nav. —4°, —5° da barglarini, —8°, —9° da daraxtini sovuq uradi. Bir yillik novdalardan qalamchalash yoʻli bilan (fev.mart va avgust-sentabrda) koʻpaytiriladi. Issiqxonalarda 3x3 sxemada ekiladi. 2—3-yili meva beradi, 6—7-yili toʻliq hosilga kiradi. Issiqxona sharoitlarida har tupidan 200—250 dona, baʼzida daraxtlaridan 500—700 donagacha meva olish mumkin. Meyer limoni Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida oʻstiriladi (qarang [[Limon).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil