Michael Bunting
Michael Bunting | |||
---|---|---|---|
Tugʻilgan joyi |
17-sentyabr 1995-yil Scarborough, Ontario, Kanada | ||
Boʻyi | 5 ft 11 in (180 cm) | ||
Ogʻirligi | 196 lb (89 kg; 14 st 0 lb) | ||
Pozitsiyasi | himoyachi | ||
Maydondagi joylashgan oʻrni | chap qanot | ||
NHL Sobiq jamoalar |
Toronto Maple Leafs Arizona Coyotes | ||
Milliy jamoa | Kanada | ||
NHLga kirish drafti |
117-oʻrindagi tanlov, 2014 Arizona Coyotes | ||
Jamoalardagi faoliyat | 2015—hozirgacha |
Michael Bunting (talaffuzi: Maykl Bunting) (1995-yil 17-sentyabrda tugʻilgan) — kanadalik professional xokkeychi. Michael Bunting hozirda Milliy xokkey ligasi (NHL) vakili „Toronto Maple Leafs“ xokkey jamoasida faoliyat olib bormoqda.
Oʻyin faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Michael Bunting dastlab, Toronto xokkey ligasi vakili „Don Mills Flyers“ xokkey klubi safida faoliyatini boshlagan edi. Michael Bunting klub safida 2012—2013-yilgi mavsumda liga chempionligini qoʻlga kiritdi. Shundan soʻng, Michael Bunting „Sault Ste. Marie Greyhounds“ xokkey klubi safiga 2013-yilgi OHL ustuvor tanlovida 160-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi.
Michael Bunting 2013—2014-yillardagi mavsumda klub safida 48 ta oʻyinda maydonga tushib, 42 ochko toʻplashga muvaffaq boʻldi. Keyin Michael Bunting „Arizona Coyotes“ xokkey klubi safiga 2014-yilgi NHLga kirish loyihasida 117-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi.
2014—2015-yilgi mavsumda Bunting klub safida 57 ta oʻyinda maydonga tushib, 37 ta gol urdi. Michael Bunting, shuningdek, klubning muqobil sardori sifatida ham faoliyat olib bordi. Michael Bunting 2015-yil 23-iyulda „Arizona Coyotes“ xokkey klubi bilan uch yillik boshlang‘ich darajadagi shartnoma imzoladi[1].
Bunting 2015—2016-yilgi mavsumda Amerika xokkey ligasining (AHL) „Springfield Falcons“ xokkey jamoasi safida oʻynadi. Michael Bunting 2015-yil 6-dekabrda „Providence Bruins“ xokkey klubiga qarshi oʻyinda AHLdagi birinchi golini qayd etdi.
Bunting klub bilan imzolagan oʻzining boshlangʻich darajadagi shartnomasi tugaganidan keyin cheklangan erkin agentga aylandi. Michael Bunting 2018-yil 14-iyulda „Arizona Coyotes“ xokkey klubi bilan qolish uchun bir yillik ikki tomonlama shartnoma imzoladi[2]. 2018—2019-yilgi mavsumida Michael Bunting „Tucson Roadrunners“ klubida faoliyat olib bordi. Michael Bunting oʻzining 200-chi AHL oʻyinini 2018-yil 13-oktyabrda „Bakersfield Condors“ xokkey klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi[3].
„Arizona Coyotes“ xokkey klubi bilan aloqani uzganidan soʻng, Michael Bunting 2021-yil 28-iyulda „Toronto Maple Leafs“ xokkey klubi bilan ikki yillik 1,9 million dollarlik shartnoma imzoladi[4]. Michael Bunting klub safida mavsumning koʻp qismini chap qanot himoyachisi sifatida Auston Matthews va Mitch Marner bilan birga jamoaning yuqori chizigʻida oʻtkazdi. „Toronto Maple Leafs“ xokkey klubi bilan oʻzining birinchi yilida Michael Bunting liganing eng yaxshi yangi oʻyinchisi uchun beriladigan Calder Memorial kubogi finalchisi deb topildi[5].
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muntazam mavsum | Pley-off oʻyinlari | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Mavsum | Klub | Liga | Oʻyin | Gol | Golli uzatma | Ochko | Penalti | Oʻyin | Gol | Golli uzatma | Ochko | Penalti | ||
2012—2013 | Don Mills Flyers | GTHL | 28 | 27 | 12 | 39 | 44 | — | — | — | — | — | ||
2013—2014 | Sault Ste. Marie Greyhounds | OHL | 48 | 15 | 27 | 42 | 34 | 9 | 5 | 1 | 6 | 4 | ||
2014—2015 | Sault Ste. Marie Greyhounds | OHL | 57 | 37 | 37 | 74 | 39 | 14 | 9 | 5 | 14 | 10 | ||
2015—2016 | Springfield Falcons | AHL | 63 | 11 | 14 | 25 | 41 | — | — | — | — | — | ||
2015—2016 | Rapid City Rush | ECHL | 7 | 2 | 0 | 2 | 4 | — | — | — | — | — | ||
2016—2017 | Tucson Roadrunners | AHL | 67 | 13 | 15 | 28 | 52 | — | — | — | — | — | ||
2017—2018 | Tucson Roadrunners | AHL | 67 | 23 | 20 | 43 | 45 | 9 | 3 | 1 | 4 | 27 | ||
2018—2019 | Tucson Roadrunners | AHL | 52 | 19 | 22 | 41 | 84 | — | — | — | — | — | ||
2018—2019 | Arizona Coyotes | NHL | 5 | 1 | 0 | 1 | 2 | — | — | — | — | — | ||
2019—2020 | Tucson Roadrunners | AHL | 58 | 12 | 37 | 49 | 49 | — | — | — | — | — | ||
2020—2021 | Tucson Roadrunners | AHL | 16 | 7 | 12 | 19 | 14 | — | — | — | — | — | ||
2020—2021 | Arizona Coyotes | NHL | 21 | 10 | 3 | 13 | 12 | — | — | — | — | — | ||
2021—2022 | Toronto Maple Leafs | NHL | 79 | 23 | 40 | 63 | 80 | 6 | 1 | 2 | 3 | 4 | ||
NHL jami | 105 | 34 | 43 | 77 | 94 | 6 | 1 | 2 | 3 | 4 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Coyotes sign Bunting to three-year, entry level deal“. Arizona Coyotes (2015-yil 23-iyul). Qaraldi: 2018-yil 10-sentyabr.
- ↑ „Coyotes sign Bunting, Dauphin, Fasching and Murphy“. Arizona Coyotes (2018-yil 14-iyul). Qaraldi: 2018-yil 14-iyul.
- ↑ „Roadrunners 2, Condors 1“. Amerika xokkey ligasi (2018-yil 13-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 13-oktyabr.
- ↑ „Maple Leafs sign Michael Bunting for two-years“. Sportsnet.ca (2021-yil 28-iyul). Qaraldi: 2021-yil 28-iyul.
- ↑ „Bunting, Zegras, Seider named Calder Trophy finalists“. nhl.com (2022-yil 11-may).