Michael Krmenčík

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Michael Krmenčík
Krmenčík 2019-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Michael Krmenčík
Tavallud sanasi 15-mart 1993-yil (1993-03-15) (31 yosh)
Tavallud joyi Kraslice, Chexiya
Boʻyi 1.91 m
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Persija Jakarta
Raqami 27
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
TJ Kraslice
Baník Sokolov
Viktoria Plzeň
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011—2020 Viktoria Plzeň 91 (45)
2012Baník Sokolov (ijara) 12 (1)
2012—2013Zenit Čáslav (ijara) 20 (1)
2013Vlašim (ijara) 12 (1)
2014Baník Ostrava (ijara) 11 (2)
2014—2015Dukla Prague (ijara) 25 (8)
2020—2022 Club Brugge 15 (3)
2021PAOK (ijara) 22 (4)
2021—2022Slavia Prague (ijara) 13 (4)
2022— Persija Jakarta 10 (5)
Milliy terma jamoa
2010—2011 Chexiya U18 6 (3)
2011—2012 Chexiya U19 11 (1)
2013 Chexiya U20 3 (0)
2013—2014 Chexiya U21 8 (3)
2016— Chexiya 31 (9)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 6-dekabr uchun)

Michael Krmenčík (talaffuzi: Mixael Krmenchik; 1993-yil 15-martda tugʻilgan) — chexiyalik professional futbolchi, Persija Jakarta klubi va Chexiya terma jamoasi hujumchisi[1].

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Krmenčík futbolchilik faoliyatini Kraslicening akademiyalarida boshlagan, keyin esa FK Baník Sokolovga oʻtgan. FC Viktoria Plzeň rahbariyati Krmenčíkning isteʼdodidan xabardor boʻlishdi va tezda uni klubga qoʻshib olishdi.

Ilk faoliyati davri[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yilda asosiy tarkibga oʻtdi va oʻsha yilning aprel oyida 1. FK Pribramga qarshi oʻyinda debyut qildi. 2011—2012-yilgi mavsumda Banik Sokolovga ijaraga berildi va klubda oʻzining debyut professional golini kiritdi.

Keyingi toʻrt mavsumda Chexiya chempionatlarida FK Čáslav, FC Sellier Bellot Vlašim, FC Baník Ostrava va FK Dukla Pragueda ijarada oʻynadi. 2015—2016-yilgi mavsumning ikkinchi yarmida FC Viktoria Plzeňga qaytdi[2].

Toʻqqizta oʻyinda uch bor raqiblar darvozasini ishgʻol qilib, jamoaning asosiy tarkib oʻyinchisiga aylandi[3].

Viktoria Plzeň[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yilning yanvariga kelib, Krmenčík FC Viktoria Plzeňda 124 ta oʻyinda 62 ta gol urdi va 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 4 ta sovrinni qoʻlga kiritdi. 2017—2018-yilgi mavsumda ham liganing eng yaxshi toʻpurari boʻlgan.

Club Brugge[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil yanvar oyida „Brugge“ Krmenčíkni sotib olish uchun 6 million yevro sarfladi. Belgiya klubi bilan uch yarim yillik shartnoma imzoladi[4]. Biroq, Chexiyalik hujumchi uchun moslashuv qiyin kechdi, 19 oʻyinda bor-yoʻgʻi 3 tadan gol urdi va golli uzatma amalga oshirdi

PAOKga ijara[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yilning 5-yanvarida PAOK „Brugge“ bilan Krmenčíkni 2020—2021-yilgi mavsum oxirigacha ijaraga olish bo‘yicha kelishuvga erishganini eʼlon qildi[5]. 2021-yil 22-may kuni Krmenčík Gretsiya kubogi finalining so‘nggi daqiqasida gol urdi, klub Olimpiakos ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi[6].

Slavia Praguega ijara[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil 23-iyul kuni Slavia Prague Krmenčík klubga mavsumiy ijara asosida qo‘shilishi va agar „Slavia“ UEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga yo‘llanma olsa, transferni doimiy qilish majburiyatini olishini eʼlon qildi[7].

Persija Jakarta[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil iyun oyida Krmenčík Indoneziya 1-ligasi jamoasi Persia Jakartaga qoʻshildi[8]. 2022-yil 23-iyulda Bali Unitedga qarshi oʻyinda (0:1, mag‘lubiyat) debyutini o‘tkazdi[9].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Krmenčík 2016-yildan beri Chexiya terma jamoasi safida o‘ynab kelmoqda. 26 o‘yin o‘tkazgan va to‘qqizta gol kiritgan. Ilgari koʻplab yoshlar darajasida oʻz mamlakatini himoya qilgan.

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klubda[tahrir | manbasini tahrirlash]

6-dekabr, 2022-yil
Klub Mavsum Liga Kubok Qitʼa Boshqa Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Viktoria Plzeň 2010—2011 Chexiya birinchi ligasi 1 0 1 0
2011—2012 0 0 0 0 0 0 1 0 1 0
2015—2016 7 2 3 1 10 3
2016—2017 26 10 1 1 10 2 37 13
2017—2018 24 16 0 0 10 6 34 22
2018—2019 13 7 0 0 3 2 16 9
2019—2020 20 10 1 3 4 2 25 15
Jami 91 45 5 5 27 12 1 0 124 62
Baník Sokolov (ijara) 2011—2012 Chexiya milliy futbol ligasi 12 1 0 0 12 1
Zenit Čáslav (ijara) 2012—2013 Chexiya milliy futbol ligasi 20 1 0 0 20 1
Vlašim (ijara) 2013—2014 Chexiya milliy futbol ligasi 12 1 2 4 14 5
Baník Ostrava (ijara) 2013—2014 Chexiya birinchi ligasi 11 2 11 2
Dukla Prague (ijara) 2014—2015 Chexiya birinchi ligasi 13 3 1 0 14 3
2015—2016 12 5 4 2 16 7
Jami 25 8 5 2 30 10
Club Brugge 2019—2020 Belgiya birinchi divizioni A 6 0 1 0 0 0 7 0
2020—2021 9 3 0 0 3 0 12 3
Jami 15 3 1 0 3 0 0 0 19 3
PAOK (ijara) 2020—2021 Gretsiya Superligasi 22 4 6 5 28 9
Slavia Prague (ijara) 2021—2022 Chexiya birinchi ligasi 10 4 1 0 5 0 16 4
Persija Jakarta 2022—2023 Liga 1 10 5 0 0 0 0 10 5
Jami faoliyati 228 74 20 16 35 12 1 0 284 102

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Viktoria Plzeň

Club Brugge

PAOK

Individual

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „POTVRZENO! Bruggy představily Krmenčíka, propustka za 169 milionů“ (Czech). isport.blesk.cz (2020-yil 31-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 31-yanvar.
  2. „Krmenčík a Štípek odcházejí na hostování“ (Czech). Deník (2014-yil 9-iyun). Qaraldi: 2014-yil 25-iyun.
  3. „Krmenčík: Chtěl bych hlavně hrát stabilně v české soutěži“ (Czech). Česká televize (2015-yil 12-mart). Qaraldi: 2015-yil 19-sentyabr.
  4. „Michael Krmencik joins Club Brugge on a permanent deal“ (el) (2020-yil 30-yanvar).
  5. „Michael Krmenčík joins PAOK“ (el) (2021-yil 5-yanvar).
  6. „Ολυμπιακός - ΠΑΟΚ 1-2“ (el) (2021-yil 22-may).
  7. „Do Slavie přichází Michael Krmenčík“ (Czech). Slavia Praha (2021-yil 23-iyul). Qaraldi: 2021-yil 6-avgust.
  8. „Krmenčík následuje Kúdelu. Za novou výzvou letí do Indonésie“ (cs). isport.blesk.cz. Qaraldi: 2022-yil 22-iyun.
  9. „Rapor Penampilan 3 Pemain Asing Persija saat Debut di Liga 1 2022-2023“. skor.id (2022-yil 23-iyul). Qaraldi: 2022-yil 29-iyul.
  10. „Paok win Greek cup final over Olympiakos“. Greek City Times (2021-yil 23-may). Qaraldi: 2021-yil 24-may.