Michael Leslie Dean

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Maykl Lesli Din (inglizcha: Michael Leslie Dean) 1968-yil 2-iyunda tugʻilgan. Maykl Lesli Din nafaqadagi ingliz futbol hakami hisoblanadi.

Michael Leslie Dean Futbol
Maʼlumotlari
Ism sharifi Michael Leslie Dean
Tugʻilgan 1968-yil 2-iyun(1968-06-02) (54 yosh)Angliya
Fuqaroligi Flag Anglii Angliya
Kategoriya FIFA referisi (2003—2013)
Referilik faoliyati
1997—2000 Flag Anglii Futbol ligasi
2000—2022 Flag Anglii Premer-liga
Logotip Vikisklada Mediafayli na Vikisklade

2000-2022-yillarda Angliya premer-ligasini boshqargan. 2003-yildan 2013-yilgacha FIFA referisi hisoblangan[1].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Din hakamlik faoliyatini 1985-yilda boshlagan. U Shimoliy Premer-ligada bosh hakam boʻlib faoliyat yuritgan. Keyin Futbol Ligasida yordamchi hakam boʻlib ishlagan. 1997-yildan esa Futbol Ligasi oʻyinlari hakami boʻlgan[2]. 2000-yilda u Premer-liga oʻyinlariga xizmat qiluvchi hakamlar guruhiga kiritilgan. 2003-yildan beri FIFA hakamlari aʼzosi hisoblanadi.

2004-yilda u Amsterdam Arenada Gollandiya va Irlandiya terma jamoalari oʻrtasidagi oʻrtoqlik uchrashuvini boshqargan. Irlandlar Robbi Kinning goli evaziga oʻsha oʻyinda muhim boʻlgan 1:0 hisobida gʻalaba qozonishgan.

Oʻsha yili Din Angliya Superkubogi uchun "Arsenal" va "Manchester United" oʻrtasidagi oʻyinni boshqargan. Bu uchrashuvda „Arsenal“ 3:1 hisobida g‘alaba qozonishga muvaffaq boʻlgan. U oʻsha yili Football Association Trophy finalini ham boshqargan hakam hisoblanadi.

Din 2006-yil 13-mayda „Millenium“ stadionida boʻlib oʻtgan Angliya kubogi finaliga hakam etib tayinlangan. Oʻyinga bir oydan kamroq vaqt qolganda futbol assotsiatsiyasi oʻyin hakamini Alan Uayli bilan almashtirishga qaror qilgan. Bu qarorning asosiy sababi, Din final ishtirokchilaridan biri "Liverpool"ga nisbatan noxolis munosabatda boʻlishi mumkin, chunki uning oʻzi Mersisaydda istiqomad qilgan deb taʼkidlashgan. Bu tarixda birinchi marta Angliya kubogi finalida hakamning oʻzgartirilishi boʻlgan[3] .

2006-yil 21-mayda u „Millenium“ stadionida yana bir oʻyinni boshqargan. Futbol Ligasi chempionatining pley-off finalida „Lids United“ hamda „Uotford“ga qarshi oʻyinda Din hakamlik qilgan. Oʻsha oʻyinda 3:0 hisobi qayd etilgan[4].

2008-yilgi Angliya kubogi finali[tahrir | manbasini tahrirlash]

Din 2008-yilda Angliya kubogi finalida „Wembley“da „Portsmut“ va „Cardiff City“ oʻrtasidagi uchrashuvda hakam boʻlgan. Din boshqaruvida oʻtgan oʻyinda „Portsmut“ jamoasi gʻalaba qozongan[2].

Tanga otish hodisasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Janubiy Uels derbisida unga tanga otilganidan keyin Dinning yordam olayotgani. 2009-yil 5-aprel.

2009-yil 5-aprel kuni futbol ligasi chempionati doirasidagi ikki Uels klubi, anʼanaviy tarzda ashaddiy raqib boʻlgan „Cardiff City“ va „Swansea City“ toʻqnash kelishgan. Uchrashuv vaqtida tomoshabinlardan biri Dinga tanga uloqtirgan va bu tanga uning peshonasiga tegib, hakamning peshonasi yorilgan. Janubiy Uels politsiyasi video tasvirlarni ko‘rib chiqib, voqeaga aloqador muxlislarni hibsga ish choralarini koʻrgan. Oʻyin oxirida Din „Swansea Siti“ darvozasiga bahsli penalti belgilagan va oʻyin 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlangan[5][6].

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Matchlar JamiBooked Bookedhar bir oʻyin uchun JamiRed card Red card har bir oʻyin uchun
1997/98 30 83 2.77 5 0,17
1998/99 38 96 2.53 4 0,11
1999/00 39 90 2.31 10 0,26
2000/01 37 106 2.86 4 0,11
2001/02 35 108 3.09 8 0,23
2002/03 36 155 4.31 9 0,25
2003/04 38 98 2.58 9 0,24
2004/05 24 66 2.75 7 0,29
2005/06 41 134 3.27 10 0,24
2006/07 43 173 4.02 16 0,37
2007/08 40 140 3.50 10 0,25
2008/09 44 156 3.55 12 0,27
2009/10 14 54 3.86 3 0,14

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Kolichestvo igr ukazano tolko dlya visshey ligi natsionalnogo chempionata, obnovleno po sostoyaniyu na 1 iyunya 2022 goda.
  2. 2,0 2,1 „Dean gets Final spot“ (en). TheFA.com (2008-yil 7-aprel). 2008-yil 9-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „FA replace Dean with Alan Wiley for the FA Cup Final“ (en). Daily Telegraph (2006-yil 25-aprel). 2008-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-avgust.
  4. „Championship Play-off Final“ (en). Soccerbase.com (2006). 2012-yil 5-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  5. „FAW starts coin-throwing inquiry“ (en). BBC Sport (2009-yil 6-aprel). 2009-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 6-avgust.
  6. „Cardiff 2-2 Swansea“ (en). BBC Sport (2009-yil 5-aprel). 2009-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 6-avgust.