Michelle Sutcliffe

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Michelle Sutcliffe (1967-yil 3-fevralda tugʻilgan) — ingliz bokschisi, yengil vazn toifasida ishtirok etgan[1].

2000-yil 27-fevralda u Britaniya boks nazorati kengashi (BBBofC) tomonidan professional litsenziyaga ega boʻlgan birinchi Lidslik bokschi boʻlib, professional boks boʻyicha jahon chempionlik darajasiga ega boʻlgan. Bokschi 1999-yilda u BBC tomonidan yilning eng yaxshi sportchisi deb topilgan[2].

Michelle BBBofC tomonidan professional boks litsenziyasini olgan ikkinchi ayol boʻladi, birinchisi ayol Jeyn Kuch edi[3].

Michelle bundan tashqari, kikboksing va muay-tay jang sanʼati bilan ham shugʻullanib kelgan.

Professional faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sutcliffening professional boksdagi faoliyatini 1996-yilning 2-noyabrida jahon chempioni unvonini birinchi urinishda erishishdan boshlagan edi, chunki u ilgari hech qachon bunday darajadagi musobaqada qatnashmagan boʻlsada, WIBFning jahon chempioni unvoni uchun Regina Halmichga daʼvogarlik qilgan. U jang yakunining ikkinchi raundida texnik nokautga uchrab qoladi.

1998-yil 24-iyun kuni Sutcliffe ikkinchi jangida Atlantic-City shahrida Para Draine bilan uchrashdi va beshinchi raundda texnik nokaut bilan mag‘lub bo‘lib qoladi[4].

Angliyadagi jangi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uning birinchi gʻalabasi oʻsha yilning 28-iyunida Dayan Berriga qarshi jangi boʻlib, u Angliyada uyida boʻlib oʻtgan jangning beshinchi raundiga kelib, Berrini qarori bilan magʻlub etgandi.

1999-yil 12-fevralda u Daniyada boʻlib oʻtgan jangning olti raundiga kelib, qaror bilan Sengul Ozokjuga magʻlub boʻladi, bu magʻlubiyatdan keyin ketma-ket ikkita gʻalaba qozonadi. Keyin Sutcliffe Lidsdagi Armoriesda vakant qitʼalararo WIBF unvoni uchun Belgiya chempioni Veerle Braspenningsga qarshi jang qiladi va 7-raundiga kelib texnik nokaut bilan gʻalaba qozonadi.

Chempionlik unvoni[tahrir | manbasini tahrirlash]

1999-yil 26-sentabr yakshanba kuni Sutcliffe Butunjahon xalqaro boks federatsiyasining yengil vazn toifasida chempionlik unvonini qo‘lga kiritadi. Uchrashuv Lidsdagi Royal Armories muzeyida boʻlib oʻtadi. Bu Michelle Sutcliffe va Verle Braspenningks oʻrtasida boʻlib, 7 raunddan keyin Sutcliffe magʻlub boʻlib qoldi.

Professional litsenziyaga ega boʻlishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sutcliffening boks shon-shuhratiga koʻtarilishi 2000-yil 27-fevralda Lids Town Hallda Francheska Lupoga qarshi ulugʻvor jang bilan yakunlangan edi. Uchrashuvda Lupo ancha tajribali jangchi boʻlib, yaqinda Italiya chempioni va WBF (Jahon boks federatsiyasi) jahon chempioni unvoniga sazovor boʻladi. Sutcliffe oʻn raunddan soʻng bir ovozdan gʻolib deb eʼlon qilinadi va BBBofC ostida professional boks boʻyicha jahon chempioni boʻlgan birinchi Lidsdagi professional litsenziyaga ega bokschi sifatida tarixga kiradi.

Revansh jangi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2000-yil 7-oktyabrda Berlinda Sutcliffe va Halmih oʻrtasidagi revansh jangi boʻlib oʻtdi va WIBFning yengil vazn toifasidagi jahon chempionligi yana bir bor boʻlib oʻtadi. Sutcliffe oʻyinga dadil bayonot berish maqsadida kiradi va jang birinchi oʻyiniga qaraganda ancha raqobatbardosh boʻlgan boʻlsada, Sutcliffe oxir-oqibat ochkolar boʻyicha juda yaqin oʻn raundlik qarorni yoʻqotadi. Uning Janubiy Koreyada Kim Messerga qarshi o‘tkazgan navbatdagi jangi ham o‘ninchi raundga kelganda ochkolar bo‘yicha mag‘lubiyat bilan yakunlanadi. Sutcliffe bu yoʻqotishlardan keyin 2001-yil 17-mayda Lidsdagi Irlandiya markazida IFBA Jahon chempionligini qoʻlga kiritib, Bolgariya chempioni Mariya Ivanovani 5-raundda nokautga uchratib gʻolib boʻladi.

Professionaldan keyingi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Michelle endi Lidsning Meanwood shahridagi Tigers Gym-da darslar va 1-2-1 mashgʻulotlarini oʻrgatib faoliyat olib boradi[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „• Michelle Sutcliffe boxer •“. boxerlist.com. Qaraldi: 2022-yil 25-noyabr.
  2. „Bantams receive accolade from BBC | Bradford Telegraph and Argus“. www.thetelegraphandargus.co.uk. Qaraldi: 2022-yil 25-noyabr.
  3. „Sporting Digest: Boxing“ (en). The Independent (1999-yil 27-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 25-noyabr.
  4. More women are getting kicks by throwing punches, Deseret News, 5 July 1998 („beating Michelle Sutcliffe of England with a fifth-round TKO“)
  5. „Michelle Sutcliffe“ (en-GB). www.tigersgym.co.uk. Qaraldi: 2022-yil 25-noyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]