Kontent qismiga oʻtish

Michio Mado

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Michio Mado
Asl ismi まど・みちお
Tavalludi
Митио Исида

1909-yil 16-noyabr
Vafoti 2014-yil 28-fevral
Tokio, Yaponiya
Ijod qilgan tillari yaponcha
Fuqaroligi Yaponiya bayrogʻi Yaponiya
Faoliyat yillari 19282014-yillar
Janr Bolalar adabiyoti

Mitio Mado (yaponcha: まど・みちお ismi Mitio Isida; 1909-yil 16-noyabr2014-yil 28-fevral) yapon shoiri, bolalar uchun koʻplab sheʼrlar muallifi.

Mitio Xonsyu orolidagi Yamaguti prefekturasida tugʻilgan. Besh yoshga toʻlganda, uning ota-onasi Tayvanga (1945-yilda Yaponiya tomonidan bosib olingan) ishlash uchun ketishdi. Shoir 5 yil bobosi bilan birga yashadi. Keyinchalik Tayvanga, ota-onasining yoniga koʻchib oʻtdi va u yerda Taypey Milliy Texnologiya Universitetini tugatdi. Oʻzining birinchi she’rlarini „Ayumi“ gazetasida nashr etdi. Universitetni tugatgandan soʻng, Tayvan general-gubernatori apparatida Suv yoʻllari va portlar departamentida muhandis boʻlib ishlagan.

Shoir 1943-yilda Yaponiya harbiy-dengiz flotiga xizmatga chaqirildi va bir qator harbiy kampaniyalarda faoliyat yuritdi. Yaponiya taslim boʻlgandan soʻng Singapurga ketgan. 1948-yilda Yaponiyaga qaytgach, Mado „Detskaya kniga“ jurnali nashr etiladigan nashriyotda ishladi. 1959-yilda nafaqaga chiqqanidan soʻng, oʻzini butunlay sheʼriyat va rassomlikka bagʻishladi. Uning ijodiy merosi 1200 dan ortiq she'rlarni oʻz ichiga oladi[1].

Madoning ijodi 1990-yillarning boshlariga qadar Yaponiyadan boshqa joyda chop etilmagan, ammo 1992-yilda Empress Mitiko tashabbusi bilan Madoning „Dōbutsutachi“ („Hayvonlar“) kitobi ingliz tiliga tarjima qilindi. Yaponiya va AQShda ikki tilli (yapon-ingliz) versiyada nashr etildi va butun dunyoga tarqaldi. 1994-yilda Andersen nomidagi mukofotga sazovor boʻldi[2].

Mito Madoning ikkita she’rini 1934-yilda Hakusyu Kitaxara „Kodomo no kuni“ bolalar jurnalida chop etish uchun tanladi va 1936-yilda bastakor Yasuxara Yamaguti Madoning „Futa atsu“ she’riga kuy bastalagan. Shunday qilib, uning ikkinchi jahon urushi bilan toʻxtatilgan bolalar yozuvchisi sifatidagi karyerasi boshlandi.

  1. http://www.libfl.ru/about/dept/children_centre/portraits/display.php?file=mado.html ( at www.libfl.ru Error: unknown archive URL 20140301145929 sanasida arxivlangan) Mitio Mado
  2. http://library.city.urayasu.chiba.jp/special/200906/page_2.html ( at library.city.urayasu.chiba.jp Error: unknown archive URL 20150610195741 sanasida arxivlangan) Webseite der Bibliothek Urayasu