Michy Batshuayi
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Michy Batshuayi-Atunga[1] | ||
Tavallud sanasi | 2-oktyabr 1993-yil[2] | ||
Tavallud joyi | Brussels, Belgiya | ||
Boʻyi | 1.85 m[3] | ||
Ampluasi | hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Fenerbahçe | ||
Raqami | 23 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2003—2005 | RFC Evere | ||
2005—2006 | RUSA Schaarbeek | ||
2006—2007 | Brussels | ||
2007—2008 | Anderlecht | ||
2008—2009 | Brussels | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2011—2014 | Standard Liège | 97 | (39) |
2014—2016 | Marseille | 62 | (29) |
2016—2022 | Chelsea | 48 | (8) |
2018 | → Borussia Dortmund (ijara) | 10 | (7) |
2018—2019 | → Valencia (ijara) | 15 | (1) |
2019 | → Crystal Palace (ijara) | 11 | (5) |
2020—2021 | → Crystal Palace (ijara) | 18 | (2) |
2021—2022 | → Beşiktaş (ijara) | 33 | (14) |
2022- | Fenerbahçe | 5 | (2) |
Milliy terma jamoa | |||
2012—2014 | Belgiya U21 | 13 | (7) |
2015- | Belgiya | 47 | (26) |
Xalqaro medallar | |||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (22-oktyabr uchun) |
Michy Batshuayi-Atunga (talaffuzi: Mishi Batshuayi-Atunga) 1993-yil 2-oktyabrda Brusselda tavallud topgan. Belgiyalik futbolchi Turkiyaning „Fenerbahçe“ va Belgiya terma jamoasi hujumchisi. 2016-yilgi Yevropa chempionati ishtirokchisi. 2018-yilgi jahon chempionatining bronza medali sovrindori.
Chelsea
[tahrir | manbasini tahrirlash]2016-yilning 3-iyulida Michy Batshuayi-Atunga 39 million yevro evaziga Angliyaning „Chelsea“ jamoasiga oʻtdi. Shartnoma 5 yil muddatga imzolandi[4]. Klubda „23“ raqami ostida toʻp surgan. 15-avgust kuni „West Ham United“ ga qarshi oʻyinda Michy Batshuayi-Atunga ikkinchi boʻlimda Oskar oʻrniga Angliya Premer-ligasida debyut qildi[5]. Bahs oxirida u gʻalaba golini urgan Diego Kostaga assistentlik qildi. 20-avgust kuni „Watford“ga qarshi bahsda Michy Batshuayi-Atunga „Chelsea“ safidagi ilk golini urdi[6]. 23-avgust kuni Angliya Futbol Ligasi kubogi doirasida „Bristol Rovers“ga qarshi oʻyinda Michy Batshuayi-Atunga „pensionerlar“ safida oʻzining ilk „dubl“ini urdi[7]. Oʻzining debyut mavsumida u klubga chempionlikni qoʻlga kiritishda yordam berdi. 21-may kuni „Sunderland“ga qarshi bahsda Michy Batshuayi-Atunga chempionatdagi ilk „dubl“ini amalga oshirdi[8]. U Angliya Liga kubogi doirasida „Nottingham Forest“ga qarshi oʻyinda xet-trik qayd etdi. Chempionlar ligasi doirasida Ozarbayjonning „Karabakh“ va Ispaniyaning „Atletico Madrid“ klublariga qarshi kechgan oʻyinda Michy Batshuayi-Atunga gol urdi[9].
Xalqaro karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2015-yil 28-mart kuni Kiprga qarshi 2016-yilgi Yevropa chempionati saralash oʻyinida Michy Batshuayi-Atunga Belgiya terma jamoasida ikkinchi boʻlimda Kristian Benteke oʻrniga maydonga tushdi[10]. Oʻsha oʻyinda u terma jamoadagi ilk golini urdi.
2016-yilning yozida Michy Batshuayi-Atunga jamoasi tarkibida u Fransiyada boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Vengriya va Uels jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushdi[11][12]. Vengerlarga qarshi kechgan bahsda Michy Batshuayi-Atunga gol urdi.
2018-yilda Michy Batshuayi-Atunga Rossiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatining bronza medali sovrindori boʻldi. Turnirda u Tunis, Angliya va Fransiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[13][14][15]. Tunisliklarga qarshi kechgan bahsda Michy Batshuayi-Atunga gol urdi.
Statistika
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamoa | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Xalqaro kubok | Jami | ||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Standard Lieja Belgiya | 2010-11 | 2 | 0 | 0 | 0 | — | 2 | 0 | |
2011-12 | 23 | 6 | 2 | 2 | 8 | 1 | 33 | 9 | |
2012-13 | 34 | 12 | 2 | 0 | — | 36 | 12 | ||
2013-14 | 38 | 21 | 1 | 0 | 10 | 2 | 49 | 23 | |
Jami | 97 | 39 | 5 | 2 | 18 | 3 | 120 | 44 | |
Olympique de Marsella Fransiya | 2014-15 | 26 | 9 | 2 | 1 | — | 28 | 10 | |
2015-16 | 36 | 17 | 7 | 2 | 7 | 4 | 50 | 23 | |
Jami | 62 | 26 | 9 | 3 | 7 | 4 | 78 | 33 | |
Chelsea F. C. Angliya | 2016-17 | 20 | 5 | 8 | 4 | — | 28 | 9 | |
2017-18 | 12 | 2 | 9 | 6 | 4 | 2 | 25 | 10 | |
Borussia Dortmund Olmoniya | 2017-18 | 10 | 7 | 0 | 0 | 4 | 2 | 14 | 9 |
Jami | 10 | 7 | 0 | 0 | 4 | 2 | 14 | 9 | |
Valencia C. F. Ispaniya | 2018-19 | 15 | 1 | 3 | 1 | 5 | 1 | 23 | 3 |
Jami | 15 | 1 | 3 | 1 | 5 | 1 | 23 | 3 | |
Crystal Palace F. C. Angliya | 2018-19 | 11 | 5 | 2 | 1 | — | 13 | 6 | |
Chelsea F. C. Angliya | 2019-20 | 16 | 1 | 4 | 4 | 4 | 1 | 24 | 6 |
Jami | 48 | 8 | 21 | 14 | 8 | 3 | 77 | 25 | |
Crystal Palace F. C. Angliya | 2020-21 | 18 | 2 | 2 | 0 | — | 20 | 2 | |
Jami | 29 | 7 | 4 | 1 | 0 | 0 | 33 | 8 | |
Beşiktaş J. K. Turkiya | 2021-22 | 33 | 14 | 4 | 0 | 5 | 0 | 42 | 14 |
Jami | 33 | 14 | 4 | 0 | 5 | 0 | 42 | 14 | |
Fenerbahçe S. K. Turkiya | 2022-23 | 5 | 2 | 0 | 0 | 5 | 3 | 10 | 5 |
Jami | 5 | 2 | 0 | 0 | 5 | 3 | 10 | 5 | |
Umumiy karyerasida | 299 | 103 | 46 | 21 | 52 | 16 | 397 | 140 |
Musobaqa | Jamoa | Mamlakat | Mavsum |
---|---|---|---|
Premer-liga | Chelsea F. C. | Angliya | 2017 |
Ispaniya kubogi | Valencia C. F. | Ispaniya | 2019 |
Turkiya Superkubogi | Beşiktaş J. K. | Turkiya | 2021 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „2017/18 Premier League clubs publish retained lists“. Premier League (8-iyun 2018-yil). Qaraldi: 10-aprel 2021-yil.
- ↑ „FIFA World Cup Russia 2018: List of Players: Belgium“. FIFA (15-iyul 2018-yil). 11-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Michy Batshuayi“. Chelsea F.C.. 26-iyun 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-avgust 2021-yil.
- ↑ „«Челси» объявил о трансфере Батшуайи“ (ruscha). sports.ru (3-iyul 2016-yil). 22-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-iyul 2016-yil.
- ↑ „Челси VS. Вест Хэм Юнайтед 2:1“ (inglizcha). soccerway.com (15-avgust 2016-yil). 22-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-avgust 2016-yil.
- ↑ „Уотфорд VS. Челси 1:2“ (inglizcha). soccerway.com (20-avgust 2016-yil). 22-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-avgust 2016-yil.
- ↑ „Батшуайи оформил дубль“. 22-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-avgust 2016-yil.
- ↑ „Челси VS. Сандерленд 5:1“ (inglizcha). soccerway.com (21-may 2017-yil). 22-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-may 2017-yil.
- ↑ „Атлетико Мадрид VS. Челси 1:2“ (inglizcha). soccerway.com (27-sentabr 2017-yil). 22-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-oktabr 2017-yil.
- ↑ „Бельгия VS. Кипр 5:0“ (inglizcha). soccerway.com (28-mart 2015-yil). 22-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-mart 2015-yil.
- ↑ „Венгрия VS. Бельгия 0:4“ (inglizcha). soccerway.com (2016—2006). 30-iyun 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-sentabr 2016-yil.
- ↑ „Уэльс VS. Бельгия 3:1“ (inglizcha). soccerway.com (7-yanvar 2016-yil). 29-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-sentabr 2016-yil.
- ↑ „Бельгия VS. Тунис 5:2“ (inglizcha). soccerway.com (2018—2006). 16-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-iyul 2018-yil.
- ↑ „Англия VS. Бельгия 0:1“ (inglizcha). soccerway.com (2018—2006). 16-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-iyul 2018-yil.
- ↑ „Франция VS. Бельгия 1:0“ (inglizcha). soccerway.com (7-oktabr 2018-yil). 16-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-iyul 2018-yil.