Kontent qismiga oʻtish

Mikael Nilsson (futbolchi)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Mikael Nilsson
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Mikael Nilsson
Tavallud sanasi 24-iyun 1978-yil (1978-06-24) (46 yosh)
Tavallud joyi Ovesholm, Shvetsiya
Boʻyi 1.83 m
Ampluasi Yarim himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1995—1998 Ovesholms IF 18 (3)
1999 Åhus Horna BK 22 (11)
2000—2004 Halmstads BK 103 (17)
2004—2005 Southampton 16 (0)
2005—2009 Panathinaikos 82 (0)
2009—2012 Brøndby IF 77 (3)
2012 Fremad Amager 1 (0)
Milliy terma jamoa
2002—2009 Shvetsiya 64 (3)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Mikael „Micke“ Nilsson (talaffuzi: Mikael Nillson) (1978-yil 24-iyunda tugʻilgan) — yarim himoyachi sifatida oʻynagan shvetsiyalik sobiq professional futbolchi . U eng yaxshi yillarini Halmstads BK, Panathinaikos va Brøndby jamoalaerida o'tkazgan. 2002 va 2009-yillar oraligʻida toʻliq xalqaro maydonga tushib, Shvetsiya terma jamoasi safida 64 ta oʻyin oʻtkazgan va UEFA Yevro-2004, 2006 FIFA Jahon chempionati va UEFA Yevro-2008da qatnashgan terma jamoalarida ishtirok etgan.

Klubdagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nilsson oʻz faoliyatini Ovesholms IF bilan boshlagan, u yerda 1998-yilgacha Åhus Horna BKga koʻchib oʻtgan. U 2000-yilda Halmstads BKga koʻchib oʻtgunga qadar klubda atigi bir mavsum oʻynagan. Uning birinchi mavsumi asosan zaxira oʻrindigʻida oʻtgan, ammo oxir-oqibat u jamoaning eng muhim oʻyinchilaridan biriga aylangan. 2004-yilgi mavsumda u Angliyaning " Sautgempton " klubiga sotilgan[1].

Sautgemptonda u oʻzini asosiy jamoaning doimiy aʼzosi sifatida koʻrsata olmagan va 2005-yilda Gretsiyaning " Panatinaikos " klubiga sotilgan.

2008-yilning 4-martida u Shvetsiyaga qaytib kelganida Halmstads BK jamoasida oʻynashini taklif qilishgan. Lekin u kattaroq shaharda yashashni xohlagani uchun Malmyoda yashashini tanlagan[2].

2009-yil 8-aprelda Nilsson Brøndby IFga oʻtishini eʼlon qilgan. U 3 yillik shartnoma imzolagan va 2009-yilning 1-iyulida klubga oʻtgan.

Nilssonning Brøndby bilan shartnomasi 2012-yil 30-iyunda tugagan. Shundan soʻng Nilsson uch yil davomida oʻng qanot, yarim himoyachi va baʼzan oʻng yarim himoyachi sifatida oʻynagan. Soʻngra klubni tark etgan. „Brøndby“dagi soʻnggi olti oyida Nilsson koʻp oʻynamadi, chunki Brondby Nilssonni klub kelajagining bir qismi sifatida koʻra olmagan.

2012-yilning avgust oyida u yangi tayinlangan murabbiy Per F. Xansen tufayli Kopengagenning Fremad Amager klubida oʻynashga rozi boʻlgan, Chunki u Brondby IF jamoasining sobiq yordamchi murabbiyi boʻlgan[3]. 2012-yilning 8-avgustida Nilsson futbolchi sifatida faoliyatini yakunlaganini rasman eʼlon qilgan.

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

U Shvetsiya terma jamoasida 2002-yil 20-noyabrda Chexiyaga qarshi oʻyinda debyut qilgan va 3:3 hisobida tugagan oʻyinda, ikkita gol urgan[4]. U Shvetsiya terma jamoasining UEFA Yevro-2004, FIFA Jahon chempionati 2006 va UEFA Yevro 2008 musobaqalarida ishtirok etgan, asosan himoyachi sifatida oʻynagan.

U yarim himoyachi sifatida boshlagan, biroq terma jamoada himoyachilar yetishmay qolganda, Nilsson himoyachi vazifasini bajargan, shundan beri u odatda terma jamoada himoyachi sifatida oʻynagan.

2010-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida Shvetsiya 3-5-2 sxemasiga oʻtib, Nilsson yana yarim himoyaga joylashtirilgan. 2009-yil 6-iyun kuni Shvetsiya terma jamoasi 2010-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Solna shahridagi Råsunda stadionida Daniyaga qarshi oʻyin oʻtkazgan. Nilsson qoʻpol xatoga yoʻl qoʻygan, natijada Shvetsiya 0:1 hisobida magʻlub boʻlgan, natijada Jahon chempionati yoʻllanmasini boy bergan.

Shvetsiya 2010-yilgi FIFA Jahon chempionatiga chiqa olmaganidan soʻng, Nilsson xalqaro futboldagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgan[5].

Karyera statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollar[6].

Milliy terma jamoa Yil Oʻyin Gollar
Shvetsiya
2002 1 2
2003 10 1
2004 13 0
2005 1 0
2006 8 0
2007 10 0
2008 12 0
2009 9 0
Jami 64 3

Xalqaro maydondagi gollar[7]

# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 20.11.2002 Na Stínadlech, Teplice, Chexiya  Chexiya 1-1 3-3 Oʻrtoqlik
2. 2-1
3. 10.09.2003 Sileziya stadioni, Chorzov, Polsha  Polsha 1-0 2-0 UEFA Yevro-2004 saralashi
Halmstads BK
  • Allsvenskan : 2000
  1. „Mikael Nilsson till Southampton“ (shvedcha). SR.se (1-iyul 2004-yil). 2009-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-iyul 2008-yil.
  2. „Nilsson till HBK – men inte än...“ (shvedcha). Hallandsposten.se (4-mart 2008-yil). 2008-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-may 2008-yil.
  3. „Remis i lokalderbyet“ (datcha). Fremad Amager. 2012-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-avgust 2012-yil.
  4. „Herr: Målkalas i årets sista landskamp“ (shvedcha). Svenskfotboll.se (20-noyabr 2002-yil). Qaraldi: 4-iyul 2008-yil.
  5. „Micke Nilsson slutar i landslaget“ (shvedcha). hallandsposten.se (12-oktabr 2009-yil). 2009-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-dekabr 2009-yil.
  6. „Mikael Nilsson - Spelarstatistik - Svensk fotboll“ (shvedcha). www.svenskfotboll.se.. 2021-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-iyul.
  7. „Mikael Nilsson - Spelarstatistik - Svensk fotboll“ (shvedcha). www.svenskfotboll.se.. 2021-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-iyul.