Mikrokimyoviy analiz
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Mikrokimyoviy analiz - analitik kimyoning kam miqsordagi moddalar (massasi 10~3 dan g gacha kattik modda yeki 0,1—1 ml gacha eritma yoxud gaz) namunasini tekshirishga asoslangan usullari majmui. Mikrokimyoviy analiz turli usullarga asoslanib kichik namunadagi na-faqat asosiy komponentlarni, balki elementlar — qoʻshimchalarni ham aniqlashga imkon beradi. Yarimoʻtkazgichlar sanoati, metallurgiya, mineralogiya, sud kimyosi, biokimyo, klinik tadqiqotlar, sintezlab olingan va tabiiy birikmalarni analiz qilish, radiokimyo va boshqalarda Mikrokimyoviy analizdan foydalaniladi.
Sifat Mikrokimyoviy analizda reaksiyalarni filtrlovchi qogʻozda bajarish — tomchi analiz usuli universal usullardan hisoblanadi. Bu usul anorganik moddalarni ham, organik moddalarni ham tekshirishda qoʻllanadi.
Miqdoriy Mikrokimyoviy analizda organik va anorganik moddalar gravimetrik, titrometrik, fotometrik usulda tekshiriladi. Miqsoriy Mikrokimyoviy analiz usulida organik moddalardagi ayrim elementlar (element analizi) va funksional guruhlar (funksional analiz) soni hamda mol. m. aniqlanadi. Hozir Mikrokimyoviy analiz fizikkimyoviy usullar (mas, mass-spektrometriya, atomemission spektroskopiya, lazer analitik spektroskopiya) asosida rivojlanmoqda. Tarkibi murakkab boʻlgan oz miqdordagi na-munalarni tekishirishda mikroanalizning maxsus fizikaviy usullariga asoslangan kombinatsiya usullari qoʻllanadi.
Zamonaviy Mikrokimyoviy analiz usullariyordamida bir mikronamunadagi yoki qattiq modda yuzasidagi 50—60 dan ziyod ele-mentni aniqlash mumkin. Massasi 10~9 g yoki hajmi 10~3 ml boʻlgan namunalarni analiz qilish uchun ultramikrokimyoviy analiz usulidan foydalaniladi. Bu usul mikroskop ostida kapillyar idishlarda mikromanipu-lyatorlar yordamida amalga oshiriladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |