Kontent qismiga oʻtish

Mikrometr

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Mikrometr (mikro... va metr) — 1) Xalqaro birliklar tizimi SI da uzunlik birligi ulushi. Metrning milliondan bir boʻlagiga teng. Qisqacha mk, mkn bilan belgilanadi; 1mk=10^6 m=104 sm =10-3mm. Mikrometr 1967-yilgacha mikron deb atalgan; 2) oʻzgartiruvchi mexanizmi (vintgaykadan iborat mikrojuft) yordamida kichik oʻlchamlarni oʻlchashda ishlatiladigan asbob (rayemga qarab). Ishi qoʻzgʻalmas gaykada vintni oʻq boʻylab siljitishga asoslangan. Vintning siljishi uning oʻq boʻylab burilish burchagiga toʻgʻri proporsional. To'la aylanishlar Mikrometr tanasidagi shkaladan, aylanish ulushlari esa barabandagi doiraviy shkaladan hisoblanadi. Odatda 0 dan 25 mm gacha, 26 dan 50 mm gacha va boshqa uzunliklarni oʻlchashda ishlatiladigan tipik oʻlchamli mikrometrlar chiqariladi.

Mikrometr silliq, richagli, list materiallarni oʻlchaydigan, trubalarni oʻlchaydigan, rezba oʻlchaydigan, tish oʻlchaydigan, dastakli va stolga oʻrnatiladigan xillarga boʻlinadi. Stolga oʻrnatiladigan ixcham (20 mm gacha) detallarni oʻlchashda ishlatiladi; 3) astronomiyada astronomik truba yoki oʻlchash mikroskopining moslamasi. Kichik masofalarni oʻlchash uchun ishlatiladi. Odatda, oʻlchash uchun anik, mikrometrik vintdan foydalaniladi[1]. Silliq, richagli, list materiallarni oʻlchaydigan, trubalarni oʻlchaydigan, rezba oʻlchaydigan, tish oʻlchaydigan, dastakli va stolga oʻrnatiladigan xillarga boʻlinadi. Stolga oʻrnatiladigan ixcham (20 mm gacha) detallarni oʻlchashda ishlatiladi; 3) astronomiya da astronomik truba yoki oʻlchash mikroskopining moslamasi. Kichik masofalarni oʻlchash uchun ishlatiladi. Odatda, oʻlchash uchun anik, mikrometrik vintdan foydalaniladi[2].

Manbalar nutromer

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Tulaganova, Nargiza; Yusupova, Shoira (2023-03-16). „Til o'rganish va o'qitish jarayonida nutq madaniyatining ahamiyati“. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире. 1-jild, № 2. 244–246-bet. doi:10.47689/stars.university-pp244-246. ISSN 2250-3811.