Kontent qismiga oʻtish

Mikrorayon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mikrorayon (yun. mikros — kichik va frans. rayon — rayon) — turar joy binolari majmui va aholining kundalik ehtiyojlarini qondiruvchi madaniymaishiy muassasalar (bolalar bogʻcha va yaslilari, maktab, madaniyat uylari, sport inshootlari, bogʻ-parklar, doʻkon va oshxonalar) tizimi. Asosan, shaharga tutash hududlarda barpo qilinadi. M.lar shaharning tarkibiy qismi hisoblanadi. Toshkentda Chilonzor, Yunusobod kabi M.lar mavjud.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil