Kontent qismiga oʻtish

Mikrosiyosat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mikrosiyosat— jamiyatdagi ayrim tashkilotlar: partiya, kasaba uyushmalari, yoshlar harakati, korxona, firma, mahalla va shunga oʻxshash siyosat subyektlarining mahalliy miqyosda amalga oshiriladigan siyosat. Unda ham umumdavlat miqyosida olib boriladigan siyosatdagi kabi alohida olingan jamoa oldida turgan maqsad-vazifalar belgilanadi, mavjud muammolarni bartaraf etish chora tadbirlari ishlab chiqiladi, turli masalalar boʻyicha qaror va koʻrsatmalar qabul qilinadi, xizmat lavozimlari, olingan foyda, daromad taqsimlanadi, maʼmuriy jazolash yoki ragʻbatlantirish tatbiq qilinadi, shaxs va guruhlarning hokimiyatni qoʻlga kiritish va oʻz manfaatlarini qondirish uchun harakat, intilishlari amalga oshiriladi.

  1. B.T.Ataxanov, M.B.Isabayev FUQAROLIK JAMIYATI FANIDAN ATAMALAR LUG'ATI kitobidan.