Mikrosporidiyalar
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Mikrosporidiyalar (Microsporidia) — bir hujayralilar tipi (boshqa sistemaga koʻra sinf). Barcha hayvonlar (koʻpincha, bugʻimoyoqlilar) hujayrasida jinssiz (ikkiga boʻlinish va shizogoniya) yoʻli bilan koʻpayadi. Sporo-goniyadan oldin kariogamiya sodir boʻladi. M.ning har xil turlarida bitta sporontdan har xil sondagi mayda (uz. 1,2—10 mkm) 1—2 yadroli sporalar vujudga keladi. Sporalarning spiral oʻralgan naychasi orqali parazit xoʻjayin hujayrasiga kirib oladi. 2 sinfi, 70 dan ortiq urugʻi, 900 ga yaqin turi maʼlum. 300 dan ortiq turi tabiatda gelmintlar va boʻgʻimoyoqlilarda parazitlik qilib, ularning qirilib ketishiga sabab boʻladi. Shu bois M.dan gelmintlar va zararkunandalarga qarshi kurashda foydalanish amaliy ahamiyatga ega. Ayrim M. akvakulturada koʻpaytiriladigan mollyuskalar, qisqichbaqasimonlar va baliqlar, shuningdek, moʻynali hayvonlarning kuplab qirilib ketishiga sabab boʻladi. M. odamda ham parazitlik qilib, oʻlimga olib kelishi mumkin. Ipak qurti va asalarilarda nozemalar urugʻiga mansub turlar katta ziyon keltiradi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |