Kontent qismiga oʻtish

Milan Arnejčič

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Milan Arnejčič
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 18-oktyabr 1942-yil
Tavallud joyi Maribor, Natsistik Olmoniya
Vafot sanasi 8-mart 2024-yil(2024-03-08)
(81 yoshda)
Vafot joyi Maribor, Sloveniya
Ampluasi hujumchi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Železničar Maribor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1959–1960 Železničar Maribor
1960–1969 Maribor
1969–1970 Red Star Belgrade 12 (3)
1970–1971 Grazer AK 12 (4)
1971–1978 Maribor
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Milan Arnejčič (1942-yil 18-oktyabr – 2024-yil 8-mart) – sloveniyalik professional futbolchi, hujumchi sifatida oʻynagan.

1942-yil 18-oktyabrda Maribor shahrida tugʻilgan Arnejčič Železničar Maribor klubida oʻynashni boshlagan. Arnejčič 1960-yilgi Sloveniya kubogi finalida NK Lyublyana klubiga qarshi oʻtkazilgan oʻyinda oʻz klubining toʻrtta golidan ikkitasini kiritib, gʻalaba qozonishga katta hissa qoʻshdi[1][2][3][4]. 1960-yilda Arnejčič NK Maribor klubiga oʻtdi[5]. 1960-yillarda Arnejčič Sloveniyaning eng taniqli futbolchilaridan biriga aylandi va 1967-yilda Yugoslaviya Oliy ligasiga koʻtarilgan Maribor klubining aʼzosi edi. Mariborga 1969-yilgacha Maribor klubi safida toʻp surdi, Arnejčič oxirgi ikki mavsumda 58 ta oʻyinda maydonga tushgan va 15 ta gol urgan[6].

1969-yilda Arnejčič 1968 va 1969-yillarda ketma-ket ikki mavsumda Yugoslaviya chempionligini qoʻlga kiritgan Red Star Belgrade klubiga safiga qoʻshildi. 1969-70-yilgi mavsumda Arnejčič Red Star Belgradesafida klub dublni (bir mavsumda mamlakatning oliy divizionida va asosiy ichki kubok musobaqasida gʻalaba qozonish) qoʻlga kiritdi. Arnejčič 12 ta oʻyinda 3 ta gol urdi va Red Star Belgrade ketma-ket uchinchi marotaba Yugoslaviya chempionligini qoʻlga kiritdi[5].

Red Star Belgrad klubi Arnejčič bilan bir qatorda Mariborning asosiy oʻyinchilari boʻlgan Tomislav Prosen va Mladen Kranjcni ham jamoaga qoʻshib olishga qiziqish bildirgan edi. Biroq, klub faqatgina Arnejčični oʻz safiga qoʻshib oldi. Bu kelishuv natijasida Milan Janković, Vladislav Bogićević va Rade Radić Maribor klubiga oʻtib ketishdi[5].

Red Star Belgrade klubi bilan bir mavsumda Liga va kubok gʻolibligini qoʻlga kiritganidan soʻng 1970-yil yozida chet elga yoʻl olib, Avstriya Bundesligasida ishtirok etuvchi klub Grazer AK safiga qoʻshildi[1]. Arnejčič 1970-71-yilgi Avstriya chempionatida 12 marta liga oʻyinlarida maydonga tushdi va 4 ta gol urdi. Ushbu mavsumda GAK klubi 11-oʻrinni egalladi[6].

1971-yilning yozida Arnejčič oʻzining tugʻilgan shahri NK Maribor klubiga qaytdi. Oʻsha paytda klub hali ham Yugoslaviya Oliy ligasida oʻynayotgan edi. Biroq, Arnejčičning birinchi mavsumda, yaʼni 1971-72 yillarda, klub liga jadvalining eng quyi pogʻonasida qolib ketdi va Yugoslaviya Ikkinchi ligasiga tushib ketdi. Shunday boʻlsa-da, Arnejčič 1978-yilda faoliyatini yakunlaganiga qadar NK Maribor klubi safida faoliyatini davom ettirdi[7]. Arnejčič jami 16 mavsumni Maribor klubi safida oʻtkazib, 286 ta oʻyinda maydonga tushdi va 73 ta gol urdi[5].

Arnejčič 2024-yil 8-martda Maribor shahrida 81 yoshida vafot etdi[2].

Red Star Belgrade
  • Yugoslaviyaning birinchi ligasi: 1969—1970
  • Yugoslaviya kubogi: 1970
  1. 1,0 1,1 Datensatz „Ausländische Spieler“, oberste österreichische Spielklasse, Saisonen 1945/46 bis 2005/06 (Wayback Machine saytida 2016-02-03 sanasida arxivlangan) (pag. 3) at fairplay.vid.org
  2. 2,0 2,1 Gomzi. „Poslovila se je legendarna devetka iz Ljudskega vrta“ (sl). Večer (2024-yil 8-mart). Qaraldi: 2024-yil 8-mart.
  3. ŽSD Maribor knjiga 80-teh leta Webarxiv andozasida xato: |url= qiymatini tekshiring. Boʻsh. page 131
  4. O klubu at railroadersmaribor.weebly.com, Retrieved 12 December 2015
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 Milan Arnejčič at redstarbelgrade.info (serbcha)
  6. 6,0 6,1 Milan Arnejčič on Playerhistory.com [sayt ishlamaydi]
  7. Last two season stats at B922