Milliy-madaniy markazlar
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Milliy-madaniy markazlar — Oʻzbekistonda yashovchi muayyan bir millat vakillarining milliy madaniy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi jamoat tashkilotlari. Milliy-madaniy mark Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasining jamoat tashkilotlari toʻgʻrisidagi amaldagi qonunlariga hamda oʻz nizomiga asoslangan holda faoliyat koʻrsatadi. Milliy-madaniy markazlari. muayyan millatga xos boʻlgan milliy madaniyat, til, urf-odat, anʼana va taomillarni oʻrganish, saqlab qolish va rivojlantirishdan manfa'atdor boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolarini ixtiyoriy ravishda birlashtiradi. Oʻzbekiston Respublikasining "Nodavlat va notijorat tashkilotlar toʻgʻrisida"gi qonuni (1999-y. 14-aprel)ga asoslangan holda tuziladi. Nizomi tegishli adliya tashkilotlari (Adliya vazirligi yoki viloyat va shahar adliya idoralari) tomonidan roʻyxatga olinadi. Oʻz faoliyatini bevosita yoki jamoalardagi boʻlimlari orqali Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshiradi.
Dastlabki milliy-madaniy markazlar koreyslar, qozoqlar, yahudiylar, armanlar tomonidan respublika viloyatlarida 1989-yilda tuzildi. Bu markazlarning chinakam rivojlanishi va ravnaq topishi Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan keyin boshlandi. Oʻzbekiston mustaqilligi munosabati bilan ularning samarali faoliyat ko'rsatishi uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Natijada milliy-madaniy markazlar soni yil sayin ortib bordi. Agar 1992-yil 10 ta milliy-madaniy markazlar ish olib borgan boʻlsa, 1995-yilda ularning soni 72 taga, 2003-yilga kelib esa 135 taga yetdi. Ular respublika madaniy markazlari, viloyat, shahar, tuman madaniy markazlaridan iborat (roʻyxatga q.).
Oʻzbekiston Respublikasida yashovchi turli millat vakillarini respublika ijtimoiy, maʼnaviy maʼrifiy hayotida faol ishtirok etishini taʼminlash milliy-madaniy markazlar faoliyatining muhim yoʻnalishlaridan biridir. Shuningdek, xorijiy mamlakatlardagi turdosh tashkilotlar hamda tarixiy vatanlari bilan doʻstlik, hamkorlik, madaniy-maʼrifiy aloqalar oʻrnatish va hamdoʻstlik aloqalarini rivojlantirish, Respublika baynalminal madaniyat markazi, manfaatdor vazirliklar, idoralar, davlat va jamoat tashkilotlari hamda ijodiy uyushmalar bilan hamkorlikda mamlakatimizda fuqarolar hamjihatligi va millatlararo totuvlikni mustahkamlashga koʻmaklashish markazning asosiy vazifalari boʻlib hisoblanadi. Nizomda belgilangan maqsad va vazi-falarga erishishda markazlar kuyidagi faoliyat turlarini amalga oshiradi: musika va teatr studiyalarini, ona tili, tarix, yozuv, adabiyot, xalq ogʻzaki ijodi, teatr va rassomchilik sanʼ-ati, milliy urf-odatlar va hunarmandchilik, milliy sport va oʻyinlar turlarini oʻrganish boʻyicha oʻquv guruhlari va yakshanba maktablarini amaldagi qonunchilikka muvofiq tuzadi; milliy madaniyat, milliy til; milliy sanʼat turlari va milliy urf-odatlarni oʻrganish va targʻib qilish maqsadlarida seminarlar, konferen-siyalar, davra suhbatlari, festivallar va uchrashuvlarni; xor va badiiy jamoalarni tashkil etadi. Milliy-madaniy markazlari faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 13-yanvardagi qarori bilan tashkil etilgan Respublika baynalminal madaniyat markazi muvofiqlashtiradi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |