Kontent qismiga oʻtish

Milliy antidoping agentligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Milliy antidoping agentligi
Turi Davlat boshqaruv idorasi
Maqomi Amalda
Ishga tushgan sanasi 3-yanvar, 2018-yil (6 yil avval) (2018-01-03)
Joylashuvi Toshkent shahari, Yunusobod tumani, A.Qodiriy koʼchasi, 2-uy
Hududiy xizmati Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Direktori Abdushukur Sadikov
Vebsayti uznada.uz
Til(lar)i oʻzbek, rus

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi — sportda doping qoʻllanilishining oldini olish va dopingga qarshi kurashish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi tashkilot[1]. Agentlik tarkibida 3 ta boʻlim va 2 ta komissiya mavjud.

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-yanvardagi PQ-3457-son „Oʻzbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi qarori asosida Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etilgan[2][3].

2021-yil 6-aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5057-sonli qarori asosida Agentlik faoliyati yangi bosqichga olib chiqildi hamda moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi[4].

2023-yil 8-mayda qabul qilingan PQ-149-sonli qaror Agentlik faoliyatida tub oʻzgarishlarni boshlab bergan. Ushbu qaror asosida Milliy antidoping agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi etib qayta tashkil etilgan, hamda agentlikning ustuvor yoʻnalishlari, tashkiliy tuzilmasi, faoliyatini transformatsiya qilish boʻyicha „Yoʻl xaritasi“ tasdiqlangan[5][6].

Agentlikning vazifalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligining (OʻzMADA) asosiy vazifasi sportchilarning dopingsiz musobaqalarda qatnashish uchun asosiy huquqlarini himoya qilishdir. Shu maqsadda, OʻzMADA boshqa har qanday antidoping tashkiloti singari, ikkita vazifani oʻz oldiga qoʻygan[7]:

  • jamoatchilikni va sportchilarni antidoping qoidalari toʻgʻrisida xabardor qilish, dopingga nisbatan nol tolerantlik madaniyatini shakllantirish va sportda dopingni oldini olishga asoslangan qisqa, oʻrta va uzoq muddatli taʼlim dasturlarini amalga oshirish va qoʻllab-quvvatlash;
  • testlarni rejalashtirish va oʻtkazish, antidoping qoidalarini buzish holatlarini tekshirish, shuningdek, natijalarni qayta ishlash va buzilish faktlari boʻyicha eshituvlar oʻtkazish.

Agentlik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Milliy antidoping agentligi Butunjahon antidoping agentligining antidoping boshqaruvi va menejmenti (ADAMS) maxsus dasturini Oʻzbekiston respublikada joriy etishgan. Bu dastur orqali agentlik faoliyatini samarali tashkil etish va butunjahon maʼlumotlar bazasi axborotlaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. Sportchilarning musobaqa va musobaqalardan tashqari boʻlgan davr mobaynida doping-test jarayonlaridan oʻtishi toʻgʻrisida aniq axborot shakllanadi va doping-nazorat tizimi tashkil etiladi. Agentlik Oʻzbekiston sportchilari dori vositalaridan terapevtik maqsadlarda foydalanishi va taqiqlangan har xil dori vositalaridan foydalanmasligi toʻgʻrisida aniq tavsiyalar berish dasturi va maxsus antidoping tizimi joriy etilgan.

Agentlik doping orqali sportchilarga yetkaziladigan zarar, doping qabul qilishning salbiy oqibatlari toʻgʻrisida jamoatchilikni xabardor etadi hamda Butunjahon antidoping agentligining dasturlari va loyihalarini amalga oshirish, xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarni mustahkamlash va rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratadi[8].

Boshqaruv tarkibi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdushukur Sadikov — Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligi bosh direktor[9][10].