Kontent qismiga oʻtish

Milliy yodgorlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Milliy yodgorlik (Niderlandiya Milliy yodgorlik yoki op de Dam Milliy yodgorligi) — Amsterdamdagi Dam maydonidagi Ikkinchi Jahon urushi qurbonlari xotirasiga bagʻishlangan yodgorlik. Har yili 4-may kuni ushbu monumentda Ikkinchi jahon urushi va undan keyingi qurolli mojarolar qurbonlarini xotirlash uchun milliy marosim oʻtkaziladi.

Yodgorlik muallifi gollandiyalik arxitektor Yakobus Oud, haykallar Jon Redeker va uning oʻgʻillari tomonidan yaratilgan, barelyeflar muallifi haykaltarosh Pavel Greguardir.

Yodgorlikning markaziy elementi 22 m balandlikdagi konussimon beton ustun boʻlib, butunlay oq travertin bilan qoplangan. Ustunning old tomonida urush davridagi azob-uqubatlar ramzi boʻlgan toʻrtta zanjirband qilingan erkak figuralaridan iborat „De Vrede“ (Tinchlik) barelyefi joylashgan. Ushbu markaziy figuralarning ikkala tomonida Gollandiya qarshiligini ifodalovchi ikkita erkak haykali, chapda ziyolilar ramzi va oʻngda ishchilar sinfining ramzi. Poyida uvillayotgan itlar azob-uqubat va sadoqatni anglatadi. Markaziy barelyef ustidagi bolali ayol va uning atrofida kabutarlar haykali gʻalaba, tinchlik va yangi hayotni ifodalaydi. Ustunning orqa tomonidan osmonga koʻtarilgan kaptarlar ozodlikni anglatadi.

Haykallar yodgorlikning zinapoyalarini tashkil etuvchi konsentrik halqalarda joylashgan. Yodgorlik oldida, dumaloq poydevorlarda Gollandiya ramzi boʻlgan ikkita sher bor. Yodgorlikning orqa tomonidagi yarim dumaloq devorda Ikkinchi jahon urushi davrida Gollandiyaning har bir provinsiyasidagi qatl joylari va harbiy qabristonlar tuproqlari solingan 11 ta quti bor[1].

Ustunda lotincha yozuv bor: Hic ubi cor patriae monumentum cordibus intus quod gestant cives spectet ad astra dei. (erkin tarjimasi: „Shu yerda, Vatan qalbida, fuqarolar yuragida saqlagan bu yodgorlik Xudoning yulduzlariga boqmoqda“)

Tasvirlar galereyasi