Kontent qismiga oʻtish

Milonit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Milonit (yun. mylon — tegirmon) — maydalangan va mayda kukunga aylangan togʻ jinsi: togʻ massalarining tektonik uzilmalar yuzasi boʻylab harakatlanishi natijasida hosil boʻladi. Vujudga kelgan kuchli bosim sharoitida togʻ jinslari (granit, gneyslar, kristalli slanetslar, kvarsitlar va hokazo) chang holatiga qadar maydalanadi va ayni vaqtda zichlanadi. Milonitlanish kataklaz (minerallarning togʻ jinsi ichida deformatsiya natijasida maydalanishi)dan togʻ jinsining juda ham kichik mikroskopik zarra oʻlchamigacha maydalanishi bilan farq qiladi. M. Tyaniian va Ural togʻlaridagi yirik regional surilmalar boʻylab uchraydi. [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil