Kontent qismiga oʻtish

Mina Urgan

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Mina Urgan
Tavalludi 14-may 1916-yil
Istanbul, Usmoniylar davlati
Vafoti 15-iyun 2000-yil(2000-06-15)
(84 yoshda)
Istanbul, Turkiya
Fuqaroligi Turkiya
Taʼlimi
  • Notre Dame de Sion Istanbul litseyi
  • Arnavutköy qizlar kolleji (Robert kolleji
  • Istanbul universiteti
Kasbi Akademik, tarjimon, yozuvchi va siyosatchi
Bolalari 2
Otasi Tahsin Nahit
Onasi Şefika

Mina Urgan (1916-yil 14-may – 2000-yil 15 iyun) – turkiyalik akademik, tarjimon, yozuvchi va sotsialistik siyosatchi.

Mina Urgan 1916-yil 14-mayda Istanbulda shoir Tahsin Nahit va uning rafiqasi Şefika oilasida tugʻilgan[1]. Boshqa manbaga koʻra, u 1915-yil 1-mayda tugʻilgan[2]. Otasi uch yoshida vafot etgan, onasi esa turmush oʻrtogʻining vafotidan keyin taniqli jurnalist va yozuvchi Falih Rıfkı Atay bilan turmush qurgan. 1934-yilda Turkiyada familiya toʻgʻrisidagi qonun qabul qilinganda, uning oʻgay otasining yaqin doʻsti, taniqli yozuvchi Necip Fazil Kısakürek unga Urgan familiyasini taklif qilgan[3].

Mina Istanbul Notre Dame de Sion litseyi va Arnavutköy qizlar kollejida (Robert kolleji) oʻqigan. Keyinchalik, Istanbul universitetining fransuz filologiyasi fakultetini tamomlagan. undan keyin esa ingliz adabiyoti boʻyicha doktoranturada oʻqishni davom ettirgan. 1949-yilda u „Harlequins in the era of Elizabeth I of England theater“ nomli dissertatsiyasi bilan dotsent unvonini olgan. Mina 1960-yilda Istanbul universitetining oʻzi bitirgan fakultetiga professor etib tayinlangan[1][2]. U 1977-yilda nafaqaga chiqqan[4].

  • Macbeth (1965)
  • Shakespeare ve Hamlet (1984)
  • İngiliz Edebiyatı Tarihi (5 bob, 1986-1993)
  • Virginia Woolf (1995)
  • D. H. Lawrence (1997)
  • Edebiyatta Ütopya kavramı ve Thomas More
  • Bir Dinazorun Anıları (1998)
  • Bir Dinazorun Gezileri(1999)
  1. 1,0 1,1 „Mina Urgan yaşamını yitirdi“ (tr) (2000-yil 17-iyun). Qaraldi: 2017-yil 16-iyul.
  2. 2,0 2,1 „Mina Urgan Kimdir? Hayatı, Edebi Kişiliği, Eserleri“ (tr). Türk Dili ve Edebiyatı. Qaraldi: 2017-yil 16-iyul.
  3. „Bir Dinazorun Hayatı: Mina Urgan“ (tr) (2010-yil 11-iyun). Qaraldi: 2017-yil 17-iyul.
  4. „Mina Urgan“ (tr). Biyografi. Qaraldi: 2017-yil 17-iyul.