Minecraft
Minecraft | |
---|---|
Ishlab chiqaruvchi | Mojang Studios |
Nashir etuvchi |
|
Chiqarilgan sana | 2011-yil 18-noyabr[1] |
Geymdizayner |
|
Rassom |
|
Oʻyin seriyasi | Minecraft |
Janr | sandbox, survival |
Oʻyin rejimlari | Yolgʻiz oʻyinchili, koʻp oʻyinchili |
Minecraft — 2011-yilda shved video oʻyin ishlab chiqaruvchi kompaniyasi Mojang Studios tomonidan ishlab chiqilgan hamda taqdim etilgan sandbox game janridagi oʻyin. Dastlab Markus „Notch“ Persson tomonidan Java dasturlash tilida yaratilgan boʻlib, uning birinchi ochiq sinov versiyasi 2009-yil 17-mayda chiqarilgan. Dasturchilar oʻyin ustida yana ikki yil ishlab, toʻliq versiyasini 2011-yil 18-noyabrda ommaga taqdim etishgan. Shundan soʻng, Persson Mojangni tark etgan hamda oʻyinning rivojlanishini Jens „Jeb“ Bergenstenga topshirgan. Chiqarilgandan keyingi yillarda, oʻyin bir nechta platformalarga, jumladan smartfonlar, planshetlar va turli video oʻyin konsollariga 4J Studios tomonidan koʻchirilgan. 2014-yilda Microsoft Mojang va Minecraft huquqlarini 2,5 milliard AQSh dollariga sotib olgan. Minecraft oʻsha vaqtdan beri barcha davrlarning eng koʻp sotilgan video oʻyiniga aylangan. 2024-yilga kelib 300 milliondan ortiq nusxa sotilgan hamda taxminan 140 million oylik faol oʻyinchiga ega boʻlgan.
Minecraft oʻyinida oʻyinchilar deyarli cheksiz yerlarni tashkil qiluvchi voxel bloklardan iborat, algoritmlashtirilgan tarzda yaratilgan uch oʻlchamli dunyoni tadqiq qiladilar. Oʻyinchilar xomashyo topish va qazib olish, asboblar va narsalar yasash, shuningdek, turli binolar, yer ishlari va mashinalar qurish imkoniyatiga ega. Oʻyin rejimiga qarab, oʻyinchilar moblar bilan kurashishi, boshqa oʻyinchilar bilan hamkorlik qilishi yoki ularga qarshi raqobatlashishlari mumkin. Oʻyinda ikkita asosiy rejim mavjud. Birinchisi survival boʻlib, unda oʻyinchilar yashash hamda tirik qolish uchun resurslar topishlari kerak. Ikkinchisi esa ijodiy rejim boʻlib, unda oʻyinchilarga cheksiz resurslar beriladi hamda uchish imkoniyati ham mavjud.
Minecraft tanqidchilar tomonidan yaxshi qabul qilingan. Bir necha mukofotlarga sazovor boʻlib, barcha davrlarning eng zoʻr video oʻyinlaridan biri sifatida eʼtirof etilgan. Oʻyinni ommalashtirishda ijtimoiy tarmoqlar, parodiyalar, oʻyin figuralari va yillik Minecon konferensiyalari muhim rol oʻynagan. Oʻyin, shuningdek, kimyo, kompyuter yordamida dizayn va informatika fanlarini oʻrgatish uchun taʼlim sohalarida ham qoʻllanilgan. Bir necha spin-off loyihalari ham yaratilgan, jumladan, Minecraft: Story Mode, Minecraft Earth, Minecraft Dungeons va Minecraft Legends. Bundan tashqari, ushbu oʻyinga asoslangan A Minecraft Movie nomli jonli film 2025-yil aprel oyida kinoteatrlarda namoyish etilishi rejalashtirilgan.
Gameplay
[tahrir | manbasini tahrirlash]Minecraft – bu 3D hamda sandbox game janridagi video oʻyin. Oʻyinda hech qanday aniq bir bajarilishi kerak boʻlgan ishlar yoʻq boʻlib, bu foydalanuvchilar uchun oʻz olamini qurishda erkinlik yaratadi[2][3]. Oʻyin odatda first-person perspective koʻrinishida oʻynaladi, lekin oʻyinchilar third-person perspective koʻrinishida ham oʻynashlari mumkin[4]. Oʻyin dunyosi turli materiallarni (tuproq, tosh, rudalar, daraxt tanalari, suv va lava) ifodalovchi kub shaklidagi 3D bloklardan iborat. Oʻyinda asosan shu bloklarni olib turli joylarga joylashtirish orqali turli narsalar qurish mumkin. Oʻyinchilar dunyo boʻylab erkin harakatlanishlari mumkin[5]. Shuningdek, oʻyinda redstone deb nomlangan material mavjud boʻlib, undan oddiy mexanik qurilmalar, elektr zanjirlar va turli funksiyalar orqali ochiladigan eshiklar yaratish uchun foydalanish mumkin. Bu esa murakkab tizimlarni yaratish imkonini beradi[6][7]. Koʻplab sharhlovchilar oʻyin fizikasini reallikka yaqin emas deb taʼriflashgan[8].
Oʻyinchilar, shuningdek, aslaha kabi turli buyumlarni yaratishlari mumkin. Bu esa oʻyinchilarga moblar tomonidan uyushtiriladigan hujumlarda zararni kamaytiradi. Undan tashqari turli qurollar (qilich yoki bolta) yaratib, yirtqichlar va hayvonlarni osonroq oʻldirish mumkin. Qoʻshimchasiga asboblar (bolgʻa yoki belkurak) orqali ayrim bloklarni tezroq qoʻlga kiritish mumkin. Baʼzi buyumlar yasashda foydalanilgan materialga qarab bir necha darajaga ega boʻlib, yuqori darajadagi buyumlar samaraliroq va chidamliroq boʻladi. Oʻyinchilar, shuningdek, pech kabi foydali bloklarni yaratishlari mumkin. Bu pech ovqat pishirish va rudalarni eritish imkonini beradi. Yana oʻyinda yorugʻlik tarqatuvchi mash’alalar ham bor[9]. Oʻyinchilar oʻz buyumlarini qishloq aholisi bilan savdo qilish orqali boshqa tovarlar evaziga zumradlar bilan almashtirishlari ham mumkin[10][11]. Oʻyinning inventar tizimi mavjud boʻlib, unda oʻyinchilar cheklangan miqdordagi buyumlarni olib yurishlari mumkin[12].
Oʻyin dunyosi deyarli cheksiz boʻlib, oʻyinchilar tadqiq qilgan sari landshaftlar kompyuter algoritmlari yordamida tasodifiy tarzda yaratiladi[13][14][15]. Garchi dunyoning vertikal chegaralari mavjud boʻlsa-da, Minecraft gorizontal tekislikda, oʻyinchi oʻyinni boshlagan nuqtadan 30 million blokgacha cheksiz katta dunyoni yaratishga imkon beradi[16]. Minecraft dunyosi choʻllardan tortib oʻrmonlar, qor maydonlarigacha boʻlgan turli muhitlarga boʻlingan[17][18]. Landshaftlarda tekisliklar, togʻlar, oʻrmonlar, gʻorlar va suv yoki lava havzalari mavjud[15]. Oʻyindagi vaqt tizimi kunduz va kechadan iborat boʻlib, toʻliq sikl haqiqiy hayotdagi 20 daqiqaga teng[19].
Yangi oʻyinchilarga 9 xil variantdan Steve yoki Alex kabi tasodifiy tanlangan asosiy qahramon koʻrinishi beriladi[20][21]. Lekin oʻyinchilar oʻzlarining istaklariga koʻra turli koʻrinishlarini yaratishlari ham mumkin[22]. Oʻyinchilar oʻyin davomida turli xil moblarga duch kelishadi. Masalan, hayvonlar, qishloq aholisi va turli oʻyinchilarga muammo tugʻdiradigan mavjudotlar[23][24]. Sigirlar, choʻchqalar va tovuqlar kabi passiv moblar oziq-ovqat va turli kiyim yoki turli materiallar yasash uchun ovlanishi mumkin. Ular asosan kunduzi paydo boʻladi. Undan tashqari oʻyinda muammo tugʻdiradigan moblar ham mavjud boʻlib, ularga katta oʻrgimchaklar, jodugarlar, creeperlar, skeletlar, enderman va zombilar kabi tunda yoki qorongʻi joylarda paydo boʻladigan moblar kiradi[25][26]. Zombielar hamda skeletlar bosh kiyimi boʻlmasa va suvda turmasa, tongda quyosh sabab yonib ketadi[27]. Minecraft oʻyini tomonidan yaratilgan baʼzi mavjudotlar qatoriga creeper (oʻyinchiga yashirincha yaqinlashib, portlaydigan mavjudot) va enderman (teleportatsiya qila oladigan, bloklarni koʻtarib, ularni joylashtira oladigan mavjudot) kiradi[28].
Ishlab chiqarilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Minecraftni yaratishdan oldin Marcus „Notch“ Persson King kompaniyasida 2009-yil mart oyigacha oʻyin ishlab chiquvchi boʻlib ishlagan. Asosan brauzer oʻyinlari ustida ish olib borgan va shu vaqt davomida turli dasturlash tillarini oʻrgangan[29]. U uyda boʻsh vaqtlarida oʻz oʻyinlari uchun prototiplar ishlab chiqib, koʻpincha boshqa oʻyinlardan ilhom olgan va mustaqil dasturchilar uchun TIGSource forumlarida faol qatnashgan[29]. Shaxsiy loyihalaridan biri RubyDung deb atalgan boʻlib, bu oʻyinni yaratishda Dwarf Fortress hamda RollerCoaster Tycoon kabi oʻyinlardan ilhomlangan[30]. RubyDung oʻyinida Dungeon Keeperga oʻxshash first-person perspective koʻrinishini sinab koʻrgan[31][32]. 2009-yil mart oyida Persson King kompaniyasidan ketib, jAlbum kompaniyasiga qoʻshilgan. Shunga qaramay oʻz oʻyini uchun prototiplar yaratish ustida ishlashda davom etgan[33][32][34].
2009-yil aprel oyida chiqarilgan Infiniminer oʻyini, Perssonning RubyDung loyihasini rivojlantirishda yanada bir qancha yangi gʻoyalar taqdim etgan[31]. Infiniminer oʻyini Perssonni oʻyin uchun first-person perspective koʻrinishini qaytarishga undagan[31]. Ammo, Infiniminerdan farqli ravishda, Persson Minecraft oʻyinida RPG elementlarini boʻlishini xohlagan[35].
Minecraftning dastlabki talqini 2009-yil 17-mayda TIGSource forumlarida chiqarilgan[36]. Yillar davomida Persson muntazam ravishda yangi test versiyalarini chiqarib borgan. Ularga asboblar, moblar va hatto boshqa oʻlchamlar kabi qoʻshimchalar kiritib borgan. 2011-yilda oʻyin ommalashib borayotgani sababli, Persson toʻliq 1.0 versiyasini chiqarishga qaror qilgan hamda bu versiya Adventure Update deb nomlangan[37]. Oʻyinning bu versiyasi 2011-yil 18-noyabrda rasman taqdim etilgan. Oradan biroz vaqt oʻtib Persson oʻyinni rivojlantirishdan voz kechgan hamda loyiha boshqaruvini Jens “Jeb” Bergenstenga topshirgan[38].
2014-yil 15-sentyabrda Microsoft kompaniyasi Mojang va Minecraft huquqlarini 2,5 milliard dollarga sotib olish boʻyicha kelishuvga erishganini eʼlon qilgan[39][40][41]. Persson biror korporatsiyadan oʻyinni huquqlarini sotib olishini soʻrab tvit yozgan. Shundan soʻng Microsoft bu taklifni bergan[42][43][44]. Perssonning aytishicha, Mojang kompaniyasi bosh direktori Carl Manneh Perssonning tvitidan koʻp oʻtmay Microsoft kompaniyasidan Perssonn haqiqatdan ham bitimga tayyor yoki yoʻqligini haqida maʼlumot olgan. Undan tashqari Activision Blizzard va Electronic Arts kabi kompaniyalar ham Mojangni sotib olishga qiziqish bildirishgan[44]. Microsoft bilan bitim 2014-yil 6-noyabrda yakunlangan va natijada Persson Forbesning Dunyo milliarderlari roʻyxatiga kiritilgan[45][46][47][48].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Persson, Markus „Minecraft 0.0.11a for public consumption“. The Word of Notch (2009-yil 17-may). 2015-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 1-aprel.
- ↑ Gallegos. „Minecraft Review — PC Review at IGN“. IGN (2011-yil 23-noyabr). 2015-yil 6-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 18-dekabr.
- ↑ Meer, Alec. „Minecraft:Wolves, Achievements, Mods, Merch“. Rock Paper Shotgun (2011-yil 30-mart). 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-mart.
- ↑ Purchese, Robert „Minecraft 1.0 launch patch notes“. Eurogamer. Eurogamer Network (2011-yil 23-noyabr). 2013-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 2-yanvar.
- ↑ Ashdown, Jeremy „This is Minecraft“. IGN (2010-yil 11-noyabr). 2013-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 2-yanvar.
- ↑ Tito, Greg „Player Creates Working Computer in Minecraft“. Alloy Digital (2010-yil 4-oktyabr). 2010-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 4-yanvar.
- ↑ updated, Katie Wickens last. „Someone crafted a redstone PC in Minecraft to play Minecraft inside Minecraft“ (en). PC Gamer (2022-yil 8-sentyabr). 2023-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-yanvar.
- ↑ Walton, Mark „Minecraft In Education: How Video Games Are Teaching Kids“. GameSpot. CBS Interactive (2012-yil 25-noyabr). 2013-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 15-dekabr.
- ↑ Geere, Duncan „Block of the Week: Furnace“. Minecraft.net (2017-yil 15-sentyabr). 2018-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 21-sentyabr.
- ↑ Brown, Mark „Gaming Minecraft update combines single and multiplayer, adds trading and tripwires“ (2012-yil 6-iyul). 2013-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 21-noyabr.
- ↑ Senior, Tom „Minecraft update snapshot includes trading, currency, new item and sandstone stairs“. Future plc (2012-yil 24-may). 2013-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 2-yanvar.
- ↑ „Using the Minecraft Inventory and Crafting Grid“ (en). dummies. 2021-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-avgust.
- ↑ Persson, Markus „Terrain generation, Part 1“. Mojang (2011-yil 10-mart). 2011-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 24-oktyabr.
- ↑ Bergensten, Jens „A Short Demystification of the 'Map Seed'“. Mojang (2011-yil 23-fevral). 2012-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 6-oktyabr.
- ↑ 15,0 15,1 Miller-Watt, Josh „Minecraft beginner's guide“. GamesRadar. Future plc. 2012-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 24-oktyabr.
- ↑ Guthrie, Robert „Minecraft's 'Infinite World' Versus No Man's Sky's 'Infinite World'“ (en). Kotaku (2016-yil 17-avgust). Qaraldi: 2024-yil 5-iyul.
- ↑ Meer, Alec. „BiomeShock: The New Minecraft Worlds“. Rock Paper Shotgun (2010-yil 27-oktyabr). 2012-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 2-yanvar.
- ↑ Phillips, Tom „Minecraft jungle biome, creatures coming soon“. Eurogamer. Eurogamer Network (2012-yil 20-yanvar). 2013-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 2-yanvar.
- ↑ Maillot, Anastasia „Minecraft: Everything You Need To Know About The Daylight Cycle“ (en). TheGamer (2021-yil 30-may). 2024-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-yanvar.
- ↑ Webster, Andrew „You can finally choose to play as a girl in Minecraft“. The Verge (2015-yil 27-aprel). 2015-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 20-sentyabr.
- ↑ Reporter, CJ Wheeler Former News; Wheeler, C. J.. „Minecraft Bedrock Edition now has seven more default skins“ (en). Rock, Paper, Shotgun (2022-yil 30-noyabr). 2024-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-yanvar.
- ↑ Quach, Michael (7 October 2010). „How to edit your skin in Minecraft“. PC Gamer (ingliz (Amerika)). 16 June 2020da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19 March 2020.
- ↑ Senior, Tom „Minecraft update snapshot includes trading, currency, new item and sandstone stairs“. Future plc (2012-yil 24-may). 2013-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 2-yanvar.
- ↑ Gutierrez, Luis Joshua; Hammill, Dan; Heaney, Samuel; Moreupdated, +39 9k „All Minecraft Mobs - Minecraft Guide“ (en). IGN (2011-yil 26-avgust). 2024-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-yanvar.
- ↑ Stay, Jesse; Stay, Thomas; Cordeiro, Jacob. Minecraft For Dummies (en). John Wiley & Sons, 2015-01-20. ISBN 978-1-118-96823-9.
- ↑ Talley, Trevor. Minecrafter 2.0 advanced, Internet Archive, Chicago, Illinois : Triumph Books, 2014. ISBN 978-1-60078-998-4.
- ↑ Miller, Megan. The Big Book of Hacks for Minecrafters: The Biggest Unofficial Guide to Tips and Tricks That Other Guides Won't Teach You (en). Simon and Schuster, 2015-11-03. ISBN 978-1-63450-952-7.
- ↑ Meer, Alec „Minecraft Review • Reviews •“. Eurogamer. Eurogamer Network (2011-yil 18-noyabr). 2011-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 18-dekabr.
- ↑ 29,0 29,1 Cheshire, Tom (15 September 2014). „Changing the game: how Notch made Minecraft a cult hit“. Wired. 18 November 2018da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7 May 2020.
- ↑ Cox, Alex „The history of Minecraft“. TechRadar (2018-yil 13-iyun). 2018-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 17-yanvar.
- ↑ 31,0 31,1 31,2 Persson, Markus „The origins of Minecraft“. Tumblr (2009-yil 30-oktyabr). 2018-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 7-may.
- ↑ 32,0 32,1 Handy, Alex „Interview: Markus 'Notch' Persson Talks Making Minecraft“. Gamasutra (2010-yil 23-mart). 2010-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 26-iyun.
- ↑ 2 Player Productions „Minecraft: The Story of Mojang“. YouTube (2013-yil 8-noyabr). 2014-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 2-may.
- ↑ Clark, Kristoff „Minecraft Mastermind Markus Persson to Receive Bafta Special Award“. Gamasutra (2012-yil 5-mart). 2019-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 15-iyul.
- ↑ Davies, Marsh „Blockbuster – The Making of Minecraft“. Future plc (2012-yil 10-noyabr). 2012-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 20-dekabr.
- ↑ „Minecraft (alpha)“. forums.tigsource.com. 2024-yil 5-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 9-avgust.
- ↑ Fernandez, Carlo „Minecraft Full Version Available; MineCon Live Streaming“. International Business Times (2012-yil 17-noyabr). 2011-yil 19-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 17-oktyabr.
- ↑ Persson, Markus „Och med dom orden så passar jag micken“ (sv). The Word of Notch. Mojang (2011-yil 2-dekabr). 2011-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 2-dekabr.
- ↑ Stuart, Keith; Hern, Alex. „Minecraft sold: Microsoft buys Mojang for $2.5bn“ (en-GB). The Guardian (2014-yil 15-sentyabr). 2022-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 9-avgust.
- ↑ „Minecraft to join Microsoft“ (en-US). The Official Microsoft Blog (2014-yil 15-sentyabr). 2023-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 9-avgust.
- ↑ „Mojang“. www.mojang.com. 2020-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 9-avgust.
- ↑ Stuart, Keith. „Minecraft: how a change to the rules is tearing the community apart“ (en-GB). The Guardian (2014-yil 24-iyun). 2022-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 1-yanvar.
- ↑ Bogart, Nicole „Updated: September 15, 2014 8:35 pm Microsoft acquires 'Minecraft' maker for $2.5 billion“. Shaw Media (2014-yil 15-sentyabr). 2015-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 2-may.
- ↑ 44,0 44,1 Mac, Ryan „Inside The Post-Minecraft Life Of Billionaire Gamer God Markus Persson“. Forbes (2015-yil 3-mart). 2015-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-mart.
- ↑ Peckham, Matt „Minecraft Is Now Part of Microsoft, and It Only Cost $2.5 Billion“ (2014-yil 15-sentyabr). 2014-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 15-sentyabr.
- ↑ Bass, Dina. „Microsoft to Buy Minecraft Maker Mojang for $2.5 Billion“. Bloomberg Business (2014-yil 15-sentyabr). 2014-yil 16-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 16-sentyabr.
- ↑ Sarkar, Samit „Microsoft officially owns Minecraft and developer Mojang now“. Polygon. Vox Media (2014-yil 6-noyabr). 2014-yil 30-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Mac, Ryan „Inside The Post-Minecraft Life Of Billionaire Gamer God Markus Persson“. Forbes (2015-yil 3-mart). 2015-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-mart.