Mineral resurslar
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Mineral resurslar - alohida region (hududlar)da geologik izlanish va razvedka natijasida aniqlangan foydali qazilmalar majmui. Mineral resurslar qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslardir. Ularning oʻzlashtirishga tayyorlangan qismi mineral xom ashyo bazasi hisoblanadi. Konchilik va geologiyada Mineral resurslar deb Yer qaʼrida foydali qazilmalar sifatida aniqlangan va sanoat ahamiyatiga ega boʻla oladigan boyliklarga aytiladi.
Mineral resurslar ishlatilishiga qarab turlarga ajratiladi: yoqilgʻi va energetika (neft, tabiiy gaz, kumir, slanetslar, torf, uran rudalari); kora metallar rudasi (temir, marganets, xrom va boshqalar); rangli va legirlovchi metallar rudasi (alyuminiy, mis, qoʻrgʻoshin, pyx, nikel, kobalt, volfram, molibden, qalay, surma, simob va boshqalar); noyob va nodir metallar rudasi; konchilikkimyo sanoati xom ashyosi (fosforitlar, apatitlar, kaliy va boshqa tuzlar, oltingugurt va uning birikmalari, brom va yod tarkibli eritmalar, barit, flyuorit va boshqalar); zebu ziynat buyumlari yasashga ishlatiladigan qimmatbaho toshlar; noruda sanoat xom ashyosi (slyuda, grafit, asbest, talk, kvars va boshqalar); noruda qurilish materiallari (sement va shisha sanoati xom ashyosi, marmar, granit, shifer slanetslar, tuf, bazalt, gillar); mineral suvlar (yer osti tuzli, chuchuk, minerallashgan, shu jumladan, balneologik va termal va boshqa suvlar). Baʼzi Mineral resurslar turlari bir nechta sanoat sohasida qoʻllanishi mumkin. Jamiyatning ehtiyoji, texnika va tex-nologiyalarni rivojlanish darajasiga qarab Mineral resurslar tarkibi va miqdori oʻzgaruvchan boʻladi. Mineral resurslar miqdori aniqlangan va bashorat qilingan foydali kazilmalar zaxiralari bilan baholanadi.
Oʻzbekiston Mineral resurslarga boy. Oltin va boshqa rangli va nodir metallar rudasi, neft va tabiiy gaz, kumir, marmar, granit, mineral suvlar va hokazo zaxiralarini sanoat miqyosida oʻzlashtirishi mamlakat ehtiyojini koʻp yillar mobaynida taʼminlaydi. Mineral resurslarning kayta tiklanmaslik xususiyati ulardan ratsi-onal foydalanishni, qazib olib kayta ishlash jarayonlarida nobudgarchilikni kamaytirishni taqozo etadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |