Mineral resurslar instituti
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Mineral resurslar instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar Davlat qoʻmitasi tarkibidagi ilmiy tadqiqotlar instituti — geologik ishlab chiqarish boʻyicha respublikada yetakchi ilmiy metodik markaz. Oʻrta Osiyo yer osti qazilmalarini keng koʻlamda oʻrganish markazi sifatida 1957-yilda Toshkentda tashkil etilgan. 1994-yilgacha Oʻrta Osiyo mineral resurslari ilmiy tadqiqot instituti, 1994-yil apreldan hozirgi nomda. Oʻzbekistonning alohida regionlarining geologik oʻrganish, mineral xom ashyo resurslariga boʻlgan ehti-yojni qondirish, import monitorin-gni hamda import oʻrnini bosadigan xom ashyo ishlab chiqarish uchun tavsiyalar berish kabi vazifalarni bajaradi.
Oʻzbekiston hududi va uning ayrim regionlari geologik tuzilishini, asosiy foydali qazilmalarning joylanishi qonuniyatlarini oʻrganish; Mamlakat mineral xom ashyo bazasini kengaytirish maqsadida muayyan bashoratlar berish; geologiyarazvedka ishlarining ilmiy asoslangan metodlarini ishlab chiqish, ruda va noruda qazilma konlarini baholash va razvedka qilish; geologiya-razvedka ishlarining samaradorligini oshirish, mineral xom ashyodan foydalanish boʻyicha tavsiyalar berish; turli foydali qazilmalarni boyitish va ajratib olishning takom illashgan texnologiyasini ishlab chiqish va hokazo institutning asosiy ilmiy yoʻnalishlaridir.
Institut qoshida ilmiy texnika axboroti bilan taʼminlovchi guruh faoliyat koʻrsatadi, ilmiy texnika kutubxonasi, tajriba-metodik partiyalar, ilmiy ishlab chiqarish tajriba uchastkalari mavjud.
Institut tuzilgandan buyen 20 dan ortiq ilmiy asar nashr qilingan, tarmoqqa oid 80 dan ziyod qoʻllanma ishlab chiqilgan. Institut qoshida malaka oshirish kursi, aspirantura, doktorantura faoliyat koʻrsatadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |