Kontent qismiga oʻtish

Mingoyim madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Madrasa
Mingoyim madrasasi,
Qoʻsh madrasa
Joylashuvi Chorsu maydonining sharqiy tomonida,
Alisher Navoiy koʻchasining boshlanish qismi
Loyiha muallifi Faxrunniso oyim
Binokorlik 18001802
Soʻngi imom {{{Imom}}}
Holati 1918-yilda vayron boʻlgan
Hujralar soni 81

Mingoyim madrasasi (katta yoʻlning ikki chetiga qurilgani uchun Qoʻsh madrasa deb ham ataladi; 1802-yilda qurilgan) — Imomqulibiy otaliqning qizi, Norboʻtabiyning ayoli, Qoʻqon malikasi Faxrunniso oyim tomonidan barpo ettirilgan madrasa. Chorsu maydonining sharqiy tomonida, Alisher Navoiy koʻchasining boshlanish qismidan joylashgan edi. Xon madrasasi turkumiga kiradi. Islomxoʻja domla Imomxoʻja oʻgʻli bosh mudarrislikka tayinlangan. 81 ta hujra, 200 nafar talaba, 24 nafar mudarris boʻlgan. 1918-yilda vayron boʻlgan[1].

  1. Muhammad Yahyoxon Xoʻqandiy. Хўқанди латиф маноқиби (oʻzbekcha), 2018-yil — 65-bet. ISBN 978-9943-1247-8-3.